O‘zbekistonda gazli ichimliklarga rangli belgilar qo‘yilishi mumkin

1 daqiqa o'qish97
O‘zbekistonda gazli ichimliklarga rangli belgilar qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda gazli va boshqa alkogolsiz ichimliklardagi shakar miqdorini maxsus rangli belgilar orqali ko‘rsatish taklif qilinmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra, yangi tartib 2027 yil 1 yanvardan joriy etilishi mumkin.

Taklif etilayotgan belgilar shakar miqdoriga qarab quyidagicha bo‘ladi:

• 5–8 gramm/100 ml — «Shakar miqdori o‘rtacha»

• 8–11 gramm/100 ml — «Shakar miqdori yuqori»

• 11 gramm va undan ko‘p — «Shakar miqdori juda yuqori. Tez-tez iste’mol qilish sog‘liqqa zarar»

Belgini mahsulot qadog‘ining old qismiga, qadoq maydonining kamida 15 foizini egallaydigan hajmda joylashtirish taklif etilmoqda.

Shuningdek, mahsulot tarkibi, kaloriyasi va kunlik iste’mol me’yori haqida ma’lumot beruvchi QR-kod bo‘lishi kerak. Zarur markirovkaga ega bo‘lmagan mahsulotlarni mamlakat hududiga olib kirishga ruxsat berilmasligi ham rejalashtirilmoqda.

Loyihada ta’lim muassasalarida shakari yuqori bo‘lgan ichimliklar savdosini bosqichma-bosqich cheklash taklifi ham bor.

Ayni paytda mazkur talablar faqat loyiha sifatida muhokama qilinmoqda. Yakuniy qoidalar hali tasdiqlanmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?