12:00 / 25.08.2021
1 368

Saraton xavfini 20 foizgacha kamaytirishga yordam beruvchi mahsulotlar

Saraton xavfini 20 foizgacha kamaytirishga yordam beruvchi mahsulotlar
Foto: «Yandeks Dzen»
Rostini aytganda, saratondan 100 foiz himoya qiladigan mahsulot mavjud emas. Ammo to‘g‘ri ovqatlanish va foydali mahsulotlarni tez-tez iste’mol qilish kasallik xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Onkologlar buning uchun tavsiya qilinadigan mahsulotlarni ma’lum qildi.

Sarimsoq
Shifokorlar sarimsoqni sevimli ovqatlarga qo‘shib, iloji boricha tez-tez iste’mol qilishni maslahat beradi, chunki uning tarkibidagi birikmalar immunitet tizimining tabiiy himoyasini rag‘batlantirishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sarimsoqni muntazam iste’mol qilish oshqozon saratoni xavfini 12 foizga kamaytirishi mumkin.

Brokkoli
Brokkoli – kasallikni rivojlanish xavfining oldini oladigan yana bir mahsulot. Ammo shifokorlarning ogohlantirishicha, hech qachon uni mikroto‘lqinli pechda pishirmaslik kerak, chunki bu tanani himoya qiladigan o‘simlik flavonoidlarini 97 foizigacha yo‘q qiladi.

Braziliya yong‘og‘i
Selenning qimmatli manbai saraton hujayralarining parchalanishiga olib keladi va yo‘g‘on ichak saratoni, shuningdek, prostata bezi rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Kornell va Arizona universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kuniga ikki dona tozalanmagan Braziliya yong‘og‘i prostata saratoni xavfini 63 foizga, yo‘g‘on ichak saratoni xavfini 58 foizga, shuningdek, boshqa saraton xavfini 46 foizga kamaytiradi.

Sitruslar
Limon, apelsin va greypfrutlarni muntazam iste’mol qilish halqum, oshqozon va og‘iz bo‘shlig‘i saratonini rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Bundan tashqari, sitrus mevalari qizilo‘ngach saratoni rivojlanish xavfini ham oldini oladi.

Qorag‘at
Qorag‘at tarkibida sog‘lom hujayralarga zarar yetkazadigan va xavfli kasalliklarga, shu jumladan, saratonga olib keladigan erkin radikallarning ta’sirini zararsizlantiradigan ko‘plab antioksidantlar bor. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qorag‘at foydali xususiyatlarini nafaqat yangi, balki quritilgan, muzlatilgan va murabbo shaklida ham saqlaydi.

Baliq
Umuman olganda, har qanday yog‘li baliq juda foydali bo‘lib, haftasiga atigi to‘rt marotaba iste’mol qilish oqqon, miyeloma va limfoma rivojlanish xavfini uchdan biriga kamaytirishi mumkin. Bundan tashqari, yog‘li baliqlarni muntazam iste’mol qilish bachadon saratoni rivojlanishining oldini oladi.

Choy
Kuniga atigi ikki stakan choy bachadon saratoni xavfini 32 foizga kamaytirishi mumkin. Tadqiqotchilar bularning barchasi choy barglarida ko‘p uchraydigan antioksidant bilan bog‘liqligini aniqlagan.

Olma
Birinchidan, tabiiy kletchatkaga boy bo‘lgan olma yo‘g‘on ichak saratoni xavfini kamaytiradi. Ikkinchidan, antioksidantning maxsus turi saraton hujayralarini o‘ldirishi mumkin. Haqiqatan ham olma qanchalik tez-tez iste’mol qilinsa, shunchalik kam shifokorga murojaat qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Saraton xavfini 20 foizgacha kamaytirishga yordam beruvchi mahsulotlar
[/banner_pushhouse