4 583
Morgenshtern bloger Dilara Zinatullinaga uylandi. Reper kelinni olib ketgani Nexia’da keldi
Foto: Instagram / @influesii
Rossiyalik reper Morgenshtern Dilara Zinatullina ismli blogerga uylandi. Nikohni qayd etish marosimi Moskvadagi «ZAGS»lardan birida bo‘lib o‘tgan. Bu haqda to‘yda boshlovchilik qilgan Kseniya Sobchak o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb yozadi Esquire.
To‘y marosimi unga qadar bo‘lgan jarayonlar kabi «oddiy rus to‘yi»ga hazil sifatida o‘tgan. Morgenshtern Dilaraning oldiga chupa-chupslardan yasalgan guldastani ko‘tarib kelib, uning uyi derazasi ostidan turib baqirgan va uy pod’ezdidagi to‘y tashkilotchlaridan kelinni «sotib olgan».
Juftlikning to‘y kortejidan Daewoo Nexia (Morgenshteren mingan birinchi mashinalardan biri) va limuzin o‘rin olgan.
«ZAGS» va kelinning uyidagi to‘ydan tashqari marosim Taras Shevchenko qirg‘og‘idagi teploxodda bo‘lib o‘tgan. Kemaga kelin-kuyovning ismlari yozilgan plakat ilinib, «AD» ismlarining bosh harflari tushirilgan.
Foto: Telegram / @LifeShot
Eslatib o‘tamiz, Dilara Zinatullina Morgenshternga iyun oyining oxirida sinagogada oila qurish taklifini bergandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Alisher va Dilaraning munosabatlari 2017 yilda boshlangan. 2019 yilda reperning munosabatlarni e’lon qilish taklifi Dilaraga yoqmagan va ular barchasiga nuqta qo‘ygan. 2020 yilga kelib esa juftlik qayta topishgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi