Foto: «Pixabay»
Rossiyalik diyetolog, nutritsiolog Irina Pisareva va shifokor-diyetolog Natalya Kruglova kuzda iste’mol qilinishi zarur bo‘lgan mahsulotlarni ma’lum qilishdi. Ular ushbu faslda immunitet va hol-ahvolni yaxshilashga yordam beradi.
Pisareva sitrus mevalarni yeyishni maslahat berdi, chunki ushbu mevalardagi efir moylari kayfiyatni ko‘taradi va odamni tetiklashtiradi. Bundan tashqari, yong‘oq, zaytun yog‘i, avakado va yog‘li baliq tarkibidagi foydali yog‘larni iste’mol qilish kerak. Shuningdek, mutaxassis mavsumiy meva-sabzavotlarni unutmaslikka chaqirdi.
O‘z navbatida, Kruglova oshqovoqli yeguliklarni taomnomaga kiritishni tavsiya etadi. Negaki u beta-karotin va A vitaminiga boy. Bu borada olma, shaftoli, o‘rik, pomidor, bodring va bulg‘or qalampiridan qolishmaydi.
«Bu — yuqumli kasalliklarda yaxshi profilaktika. Meva-sabzavot foydasi bu bilan cheklanib qolmaydi. Ularning tarkibida zarur bo‘lgan antioksidantlar va oziq tolasi ham mavjud», — deya izohlaydi mutaxassis.
Diyetolog kuzda ortiqcha vazn to‘plash xavfidan ogohlantirgan. Bu ob-havo yomonlashuvi bilan bog‘liq, deb tushuntirdi shifokor.
«Ob-havo o‘zgaradi va bemorlar bu davrda ko‘proq pishiriq iste’mol qila boshlaydilar, kayfiyatlarini ko‘tarish uchun shirinlikka mukkasidan ketishadi. Shuni unutmagan holda taomnomamizni rejalashtiramiz va unga ko‘proq shirin, ammo tabiiy mahsulotlarni qo‘shamiz», — deya xulosa qildi Kruglova. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi