19:30 / 06.09.2021
2 183

Qovoq mavsumi: ushbu poliz ekini nimasi bilan foydali?

Qovoq mavsumi: ushbu poliz ekini nimasi bilan foydali?
Foto: Harper’s Bazaar
Kuzning eng asosiy sabzavotlaridan hisoblangan qovoq sog‘lom ratsiondan o‘rin olishidan avvalroq tibbiyotda faol qo‘llanilgan. Mazali va yoqimli hisoblangan ushbu mahsulot bir qancha foydali xususiyatlarga ega ekani bilan ham o‘ziga xosdir. Bu haqida quyida ma’lumot berib o‘tamiz.

Qanday foydasi bor?
Foydali moddalarning koni hisoblangan qovoq organizmni shikastlanishdan himoya qiladigan, yallig‘lanish jarayonlarining oldini oladigan tabiiy antioksidant — karatinoidlarga boydir. Natijada iste’moldan keyin qarish jarayonlari sekinlashadi, organizm quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoyalanadi.

Bundan tashqari, qovoq S, Ye, K hamda B guruhi vitaminlarining manbayi hamdir. Immunitet mustahkamligi uchun muhim sanalgan ushbu vitaminlar terining go‘zalligi va salomatligini ta’minlaydi, miya faolligini yaxshilaydi, shu bilan birga, oshqozon-ichak kasalliklarining oldini oladi. K vitamini suyaklar va organizmdagi hujayralarni mustahkamlaydi, qon aylanishini yaxshilab, tomirlar elastikligini oshiradi.

Qovoq parhezbop mahsulot sanaladi. Tarkibida transyog‘lar, kraxmal va katta miqdorda shakar bo‘lmaydi. Kaloriyasi kam — 100 grammida atigi 22 kkal bo‘ladi. Xolesterini yo‘qligi sabab yurak-qon tomir tizimi kasalliklari uchun profilaktik mahsulot sanaladi, kletchatkalarning bisyorligi sabab esa hazm jarayonini faollashishiga hissa qo‘shadi.

Qovoq urug‘ida foydali moddalar — kalsiy, kaliy, temir, natriy, rux, fosfor va marganets singari muhim minerallar mavjud. Ular organizmdagi barcha tizimlarning faoliyati va immunitet mustahkamlanishi uchun muhim hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qovoq mavsumi: ushbu poliz ekini nimasi bilan foydali?