Foto: Pinterest
Ko‘pchilik ko‘ngil aynishi kabi bezovtalikni boshidan o‘tkazadi. Bu mashina yoki samalyotda ko‘ngil aynishidan farq qiladi. Qochonki ko‘ngil aynish hissi doimiy yoki sezilarli bo‘lsa, bu organizmda jiddiy muammolardan darak beradi.
Shuningdek, ko‘plab kasalliklar ko‘ngil aynish hissi bilan birga keladi. Masalan gastrit, xoletsistit, duodenit, ichakning infeksion yallig‘lanishi, o‘t pufagi kasalligi – va bu kasalliklarning bor-yo‘g‘i bir kichik qismi. Organizimda gijjalar ham ko‘ngil aynishiga olib kelishi mumkin.
Ovqatdan so‘ng ko‘ngil aynishining asosiy sababini tahlil qilish uchun ovqatlanish va turmush tarzini hisobga olish kerak. Stress, noto‘g‘ri ovqatlanish, vitamin va minerallarni yetishmasligi – bularning barchasi yirik shahar aholisining ko‘pchiligida uchraydi. Buning oldini olish uchun diyetani o‘zgartirish, iloji boricha ko‘proq meva va sabzavotlarni kiritish, yog‘li va og‘ir ovqatlardan voz kechish, tuz va ziravorlarni iloji boricha kamroq iste’mol qilish kerak.
Ko‘ngil aynishi turlari
Ko‘ngil aynishi qorinning yuqori qismida og‘riq, ishtahaning pasayishi, jig‘ildon qaynashi, og‘izda yoqimsiz tam, kekirish bilan birga kelishi gastrit kasalligining alomatidir. Odatda ovqatlangandan so‘ng 15-20 daqiqa o‘tib boshlanadi va 5-6 soat davom etishi mumkin.
Ovqatlanishdan 2-3 soat o‘tgach ko‘ngil aynishi paydo bo‘lishi, organizmning intoksikatsiyasi, ya’ni zaxarlanish ehtimolini ko‘rsatadi. Zaxarlanish natijasida so‘lak ishlab chiqarilishi ko‘payadi va qayt qilish harakatida ishtirok etadigan barcha organlar faollashadi. Qo‘shimcha qayt qilish qo‘shilishi mumkin, ko‘ngil aynishi kuchayaversa, qayt qilish davom etaversa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur.
Uzoq muddatli ko‘ngil aynishi infarktdan oldingi holatning alomati bo‘lishi ham mumkin. Nafaqat ko‘ngil aynisa, balki nafas siqilsa, yurakda og‘riq paydo bo‘lsa, muzdak ter chiqib, rang oqarsa, shoshilinch tibbiy yordam kerak.
Tongda ko‘ngil aynishi kun oxirigacha pasaysa, bosh og‘risa, charchoq hissi tark etmasa, qon bosimi oshganidan dalolat beradi.
Ko‘ngil aynish o‘ng tomondan yuqoriga qarab davom etadigan qorin og‘rig‘i bilan birga kechsa va ovqatlanishga bog‘liq bo‘lmasa ko‘richak yallig‘langan bo‘lishi mumkin.
Tunda kuzatiladigan ko‘ngil aynishi odatda o‘t qopi kasalliklarida uchraydi. Muammoni hal qilish uchun diyetani o‘zgartirish kerak. Yog‘li taomlarni kamaytirish, bug‘da pishirilgan, dimlangan ovqatlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ko‘pchilik ish yuzasidan yoki boshqa sababdan kechki payt to‘yib ovqatlanadi va uyquga yotadi, natijada ovqat hazm bo‘lishi yomonlashadi, oshqozon-ichak tizimi va o‘t qopiga kuch tushadi, uni yallig‘lantiradi. Shundan so‘ng ko‘ngil aynishi bezovta qiladi.
Sog‘lom turmush tarzi ko‘p kasalliklarning oldini oladi, kasallikning oldini olish esa uni davolashdan ko‘ra afzal. Qolaversa, kasallikni davolash har doim ham muvaffaqiyatli bo‘lavermaydi.
Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Xalqaro moliya bozori sharhi...
Abdusalom Azizov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashiga o‘tkazildi
Dunyodagi eng baland va eng past bo‘yli ayollar Londonda uchrashdi
Pokistonda minglab namoyishchilar sobiq bosh vazir Imron Xonning ozod etilishini talab qilmoqda
Filippinda amaldor prezident va rafiqasini o‘ldirish uchun qotil yolladi