Foto: Freepik
Kichik, ammo organizmdagi eng muhim a’zolardan biri hisoblangan qalqonsimon bez faoliyatida muammo kuzatilishi bir qancha alomatlar bilan namoyon bo‘lib, ularga e’tiborsiz bo‘lish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Uyqu bilan bog‘liq muammolar
To‘satdan, sababsiz uxlashga va uyg‘onishga qiynalish, umuman olganda uyqu bilan bog‘liq muammolarning kuzatilishi qalqonsimon bez faolligining ortganidan darak beradi. Gap shundaki, qalqonsimon bezdan ajraladigan T3va T4 gormoni asab tizimini qo‘zg‘atib uyqusizlikka olib kelishi mumkin. Shu sabab ham bunday holat kuzatilsa, qalqonsimon bez kasalligi bor yoki yo‘qligini tekshirtirib ko‘ring.
Xavotir
Doimiy ravishda xavotirni his qilish ham qalqonsimon bezning faolligi haddan ortiq darajada jadallashganini bildiradi. Gormonning haddan ortiq ko‘pligi bosh miyaga ta’sir qilishi bu esa xavotirlanish hissining ortishiga olib kelishi mumkin.
Ichaklar bilan bog‘liq muammolar
Qalqonsimon bezdan ajraladigan gormonlar, oshqozon-trakti faoliyatini ham nazorat qiladi. Gormonlarning ko‘p yoki aksincha ko‘pligi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sabab ham diareya yoki qabziyat bezovta qilganda endokrinologga murojaat qilib qalqonsimon bez gormonlarini tekshirtirish kerak.
Soch tolalarining ingichkalashishi
Soch tolalari, ayniqsa qoshdagisi ingichkalashib, siyraklashsa qalqonsimon bez faoliyatida muammo kuzatilayotgan bo‘lishi mumkin, gormonlarning yetishmasligi sochlarga ham ta’sir qilmay qolmaydi.
Terlash
Qalqonsimon bez faolligi jadallashganini anglatuvchi alomatlardan biri keng tarqalgan alomatlardan haddan ortiq terlash sanaladi. Bu organizmdagi metabolizmni rag‘batlantiradigan, energiyani ko‘paytirib ter ajralishiga javob beradigan qondagi gormonlar miqdori oshgani bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar odatdagidan ko‘p ter bosadigan bo‘lsa, bu qalqonsimon bez bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini unutmang.
Vazn ortishi
Qalqonsimon bez faoliyatida muammo yuzaga kelganidan darak beradigan yana bir klassik simptom vazn ortishi hisoblanadi. Uning faolligi kamayganda, gormonlar yetishmasligi hisobiga metabolizm sekinlashadi va organizm kamroq kaloriya sarflaydi. Vazndagi har qanday to‘satdan sodir bo‘lgan o‘zgarish shifokorga murojaat qilish uchun jiddiy sabab bo‘la oladi.
Xotira bilan bog‘liq muammolar
Qalqonsimon bez faol bo‘lmaganda, miya faoliyati ham susayadi. Qalqonsimon bez funksiyasida muammo kuzatilgan bemorlarda xotira susayishi, anglash, va odatiy vazifalarini hal qilishda qiyinchilik kuzatiladi. Shu kabi holatlar kuzatiladigan bo‘lsa, ikkilanib o‘tirmasdan shifokorga borib tekshirtiring. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi