19:23 / 23.09.2021
5 281

Obid Asomovning rafiqasi turmush o‘rtog‘ining ikkinchi ayoli bo‘lgani haqida gapirdi

Obid Asomovning rafiqasi turmush o‘rtog‘ining ikkinchi ayoli bo‘lgani haqida gapirdi
Marhum so‘z ustasi Obid Asomovning rafiqasi Dilfuza Asomova Chotki TV YouTube kanaliga bergan intervyusida turmush o‘rtog‘ining ikkinchi ayolidan bo‘lgan o‘g‘il farzandi haqida gapirdi.

«Obid akam kelin tushirishni orzu qilardilar. Yashirmayman, ikkinchi oilalari bo‘lgan, o‘g‘il farzandlari bo‘lgan. U o‘g‘il shu yerda katta bo‘lgan, Xudoga shukur. Shu o‘g‘ilni uylantirmoqchi bo‘lganlar. Bo‘lajak kelin yaxshi, insofli, diyonatli, iymonli, e’tiqodli, o‘ziga o‘xshagan jaydari bo‘lsin, derdilar.

Lekin, Dilfuza, hech narsa olmaymiz, men qizlarga qilaverib charchadim. Kelindan bitta narsa olmayman, bitta jon olaman, mol olmayman. Molning keragi yo‘q, o‘g‘limning peshonasiga bersin, o‘zi mehnat qilib qadriga yetadi. Agar hamma narsani to‘la-to‘kis qilib bersam, unda qadriga yetmaydi, derdilar.

Farzandlarimizning hammasini oliy ma’lumotli qilganlar. Katta qizim sharqshunoslik institutida, ikkinchi qizim farmatsevtikada o‘qidi, uchinchi qizim to‘qimachilikda dadasiga o‘xshab dizayner bo‘lmoqchi bo‘ldi
», — deydi Dilfuza Asomova.

Obid Asomovning oilasi
Foto: Instagram / @asomov_obid

Shuningdek, Dilfuza Asomova turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng o‘g‘li Odilxonni uylantirib, uning vasiyatini ado etgani haqida gapirdi:
«Obid akam topgan pullarini shu bugun uchun ishlatar edilar. Hech qachon yig‘ib qo‘ygan inson emasdilar. Boquvchilari, yetimlari ko‘p bo‘lgan. Lekin, to‘g‘risini aytaman, mashinamni sotib, o‘g‘illarini uylantirib qo‘ydim. Bolaning boshini ikkita qilib, otasining vasiyatini ado etdim».

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov 2018 yilda yurak xurujidan vafot etgan. Marhum so‘z ustasi 2021 yilning avgustida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Obid Asomovning rafiqasi turmush o‘rtog‘ining ikkinchi ayoli bo‘lgani haqida gapirdi