Jigar salomatligini asrashda yordam beradigan mahsulotlar

2 daqiqa o'qish4.6K
Jigar salomatligini asrashda yordam beradigan mahsulotlar
Foto: Google Images
Inson tanasi yaxshi tartibga solingan zavodga o‘xshaydi, unda har bir a’zoning funksiyasi hayot uchun juda muhimdir. Har kuni tana o‘z vazifalarini muntazam bajaradi, shu bilan birga o‘zini atrof-muhitning zararli ta’siridan himoya qiladi. Tanada ham detoksikatsiya tizimi mavjud — jigar. Ammo u doimiy ravishda katta miqdordagi toksinlar bilan kurasha olmaydi, spirtli ichimliklarni esa gapirmasa ham bo‘ladi. Shuning uchun quyida berilgan mahsulotlarni kundalik ratsionga kiritish qat’iy tavsiya etiladi, ular jigarni mustahkamlaydi va davolaydi.

Lavlagi
Jigar salomatligini asrashda yordam beradigan mahsulotlar
Ro‘yxatdagi taomlarning deyarli barchasi unchalik mazali emas. Shuning uchun har safar xarid qilish chog‘ida unutmasdan lavlagi sotib olish zarur. Ushbu foydali sabzavot mo‘’jizaviy tarzda jigar hujayralarini yangilashi mumkin.

Sarimsoq
Jigar salomatligini asrashda yordam beradigan mahsulotlar
Bir oz noqulaylik tug‘dirsa-da, sarimsoqni doimiy ravishda iste’mol qilish kerak. Bu deyarli jigarni tozalashning eng yaxshi tabiiy vositasidir: antioksidantlar va minerallar bilan birga, selen va arginin esa jigarga qon tomirlarini tozalashga yordam beradi.

Olmalar
Jigar salomatligini asrashda yordam beradigan mahsulotlar
Foto: «Interesno.cc»
Jigarni doimiy spirtli ichimliklar ta’siridan qutqarishning eng oson yo‘li oddiygina olma. Bundan tashqari, ularni meva holicha yoki pishirilgan holda yeyish mumkin. Olma tarkibidagi pektinlar jigardan ortiqcha xolesterinni olib tashlaydi va shu orqali bu organning ishini osonlashtiradi.

Zarchava
Jigar salomatligini asrashda yordam beradigan mahsulotlar
Foto: «Interesno.cc»
Zarchava tarkibidagi kurkuma safro oqishini tezlashtiradi va jigarni faol tozalaydi. Hamma narsaga sharqona ziravordan qo‘shishning hojati yo‘q, go‘shtli taomlarga zarchavani haftasiga ikki marta qo‘shib turish kifoya.

Zaytun yog‘i
Jigar salomatligini asrashda yordam beradigan mahsulotlar
Foto: «Interesno.cc»
Qadoqlangan zaytun yog‘i organizm uchun juda foydali bo‘lib, bu mahsulot tarkibida lipidlar miqdori yuqori. Ular kun davomida qabul qilingan toksinlarni faol o‘zlashtiradi.

Greypfrut
Jigar salomatligini asrashda yordam beradigan mahsulotlar
Foto: «Interesno.cc»
Har kuni tongni greypfrutdan boshlashni odatiy qoidaga aylantirish lozim. Birinchidan, u ajoyib yog‘ eritish xususiyatiga ega, bu bir necha kilogramm yo‘qotishga yordam beradi. Ikkinchidan, greypfrut — jigarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan antioksidantning ajoyib manbayi.

Asal
Jigar salomatligini asrashda yordam beradigan mahsulotlar
Foto: «Interesno.cc»
Shakar jigarga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi, faqat irodali insonlar shirinliklardan voz kechishga qodir. Buning uchun avval shakardan tabiiy asalga o‘tishga harakat qilish lozim. Kuniga ikki marta ovqatdan oldin bir choy qoshiq ichish jigar hujayralarini tiklash uchun foydali.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?