Foto: «Domashniy ochag»
Albatta, hozirda immunitet uchun qila oladigan eng yaxshi yordam – agar vaqti kelgan bo‘lsa, COVID-19 ga qarshi emlanish. Xavfsiz bo‘lish uchun mavsumiy grippga qarshi emlansa ham bo‘ladi. Shuningdek, ayrim mahsulotlar yordamida ham immunitet tizimini yaxshilash mumkin.
Ushbu mahsulotlar vitamin va minerallarga boy bo‘lib, kunlar qisqarishi va salqin tushishi bilan organizmni kasallikka chidamli qiladi. Bordi-yu bemorlar iste’mol qilsa, ularning tezroq tuzalib ketishga yordam beradi. Diyetologlar immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun tavsiya etadigan 9 ta mahsulotni, albatta, ratsionga kiritishni unutmang.
Qovoq
Foto: «Domashniy ochag»
Bu qovoq lattelari va kuzgi piroglaridan ko‘ra ko‘proq foyda keltiradi. Qovoq tarkibidagi C vitamini kuchli antioksidant vazifasini bajaradi va kasalliklarning oldini oladi. A vitamini immunitetni oshiradi. Bir stakan oshqovoq pyuresi A vitaminiga bo‘lgan ehtiyojning 200 foizini qoplaydi. Qovoqni sho‘rva, ragu va hatto makaron bilan ham pishirish mumkin.
Asal
Foto: «Domashniy ochag»
Azaldan tana harorati ko‘tarilganda kattalar asalli choy buyuradi. Shuningdek, asalning foydalari olimlar tomonidan tasdiqlangan: u vitamin, aminokislota va antioksidantlarga boy. Bundan tashqari, antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lgan flavanoidlar va fenolik kislotalar ham mavjud. Qolaversa, asal yo‘talni to‘xtatuvchi tabiiy vosita bo‘lib, uning xususiyatlari kuzgi kasalliklarda mukammal vositaga aylantiradi. Asalli ko‘k choyga zanjabil va sitrus mevalar qo‘shib ichilsa, quvvatni oshiradi.
Gulkaram
Foto: «Domashniy ochag»
Gulkaram – eng foydali mahsulot va S vitamini bilan to‘la. U immunitet sistemasining to‘g‘ri ishlashiga yordam beradi. Boshqa ekinlar singari gulkaram antioksidantlarga boy, yallig‘lanishga qarshi va kasalliklardan himoya qiladi. Uni shirin kartoshka bilan qovurib, ajoyib ta’mli garnir tayyorlash mumkin.
Bryussel karami
Foto: «Domashniy ochag»
Bryussel karami tabiiy filtr vazifasini bajaradi va tanadan toksinlarni chiqarib tashlashga yordam beradi. Bundan tashqari, u C, B6 vitamini, kletchatka va kaliyning ideal manbayi hisoblanadi.
Qattiq qovoq
Foto: «Domashniy ochag»
Uzunchoq shakldagi qovoqlar juda mazali va kalsiy, beta-karotin va A vitaminiga boy. Bu kuzda oddiy kartoshka o‘rniga ushbu qovoq navidan taom tayyorlash mumkin. Uni kesib qovurish yoki pechda butun pishirish tavsiya etiladi
Olma
Foto: «Domashniy ochag»
Olma – C vitamini, kletchatka, kaliy, K vitamini, marganets va B guruhi vitaminlarining ajoyib manbayi. Butun qish uchun olmali murabbo va konservalari tayyorlab qo‘yish mumkin.
Zarchava
Foto: «Domashniy ochag»
Zarchava – issiq choy va sovuq smuzi uchun ajoyib qo‘shimcha. U yorqin ta’mga va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Tanada yallig‘lanish boshlanganda immunitet pasayadi. Zarchava muvozanatni tiklashga yordam beradi.
Klyukva
Foto: «Domashniy ochag»
Bu hoziroq shirin klyukva sousini sotib olish kerak degani emas, lekin klyukva yeyish – kuzda tanani qo‘llab-quvvatlashning ajoyib usuli. Klyukva tarkibidagi fitokimyoviy moddalar antioksidant va mikroblarga qarshi ta’sirga ega va keksayganda faollikni saqlashga yordam beradi.
Nok
Foto: «Domashniy ochag»
Birinchidan, nok tarkibida C vitamini bor, uning foydasini ortiqcha baholab bo‘lmaydi. Ikkinchidan, ular tarkibida yaxshi ichak bakteriyalarini oziqlantiruvchi pektin bor. Pektin immunitetni tartibga solish bilan birga, shamollash, gripp va infeksiyalarga qarshi kurashda yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi