21:13 / 30.10.2021
1 904

Melaniya Trampning fastfudni yaxshi ko‘rishiga qaramay, sarvqomat ekani sababi nimada?

Melaniya Trampning fastfudni yaxshi ko‘rishiga qaramay, sarvqomat ekani sababi nimada?
Foto: Getty Images
AQSHning sobiq birinchi xonimi Melaniya Trampning jozibali va o‘ziga xos ko‘rinishiga ko‘pchilik havas qiladi. Sarvqomatligining siri uning to‘g‘ri ovqatlanishga amal qilishi, ba’zida esa ko‘ngli tusagan yeguliklarni o‘ziga ravo ko‘rishi bilan bog‘liq.

Melaniya burgerlar, Nyu-Yorkning Jean Georges restoranidagi qovurilgan tovuqlar va shakarsiz kolani yaxshi ko‘radi va onda-sonda o‘ziga ravo ko‘rib turadi. Boshqa paytlarda esa o‘ziga nisbatan talabchan munosabatda bo‘ladi va ancha vaqtdan buyon amal qilib keladigan bir nechta qoidalarga rioya qilishni kanda qilmaydi. 52 yashar Melaniya to‘g‘ri ovqatlanishga o‘zgacha munosabatda bo‘ladi.

«Sog‘lom mahsulotlarni ularni iste’mol qilgandan keyin o‘zimni energiyaga to‘la va salomat his qilganim uchun ham yaxshi ko‘raman. Shunday ekan ulardan voz kechishga ne hojat», — degan u.

Foto: Getty Images
Kundalik ratsioni haqida gap ketganda, Melaniya bergan intervyularidan birida nonushtaga kletchatkaga boy suli yormasi hamda vitamin hamda antioksidantlar koni bo‘lgan smuzi yeyishni afzal bilishini, ertalab foydali va energiyaga to‘la nonushta qilgani uchun ham kun bo‘yi ochlikni his qilmasligini ta’kidlagan.

Tushlikka bo‘lsa baliq, dengiz mahsulotlari va sabzavotlarni iste’mol qiladi. Kechki ovqat uchun esa kletchatka miqdori yuqori bo‘lgan salatlar tanovul qilishni ma’qul biladi. Qolaversa, Tramp xonim modellik karerasining boshida kuniga uch litrga yaqin suv ichgan.

Foto: Cosmopolitan
U ko‘p yillardan buyon sportning tennis, suzish va yoga turlari bilan shug‘ullanadi. Aynan shu sabab ham farzandi Berron dunyoga kelganidan keyin qomatini tiklash oson bo‘lgan. Yalpiz, limon, suv va bug‘doydan tayyorlangan kokteyl — sevimli ichimliklari. Ular metabolizmni yaxshilash bilan birga, qomatining tonusda bo‘lishiga yordam beradi.

Foto: Getty Images
Bundan tashqari, ratsioni hamisha mevalarga boy ekaniga qaramay, u qora shokolad va muzqaymoq ham iste’mol qilib turadi. «Ratsioningiz asosini foydali mahsulotlar tashkil qilsa, vaqti-vaqti bilan shirinlik va zararli mahsulotlar yeb turishning yomon tarafi yo‘q», — deydi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Melaniya Trampning fastfudni yaxshi ko‘rishiga qaramay, sarvqomat ekani sababi nimada?