12:27 / 07.11.2021
1 979

Vitaminlarni zaharga aylantirishi mumkin bo‘lgan 5 xato

Vitaminlarni zaharga aylantirishi mumkin bo‘lgan 5 xato
Barcha kerakli vitamin va minerallarning kamida uchdan ikki qismini oziq-ovqatdan, yana uchdan bir qismini qo‘shimchalardan olinishi kerak. Ammo dori-darmonlar kabi sintezlangan vitaminlarni qabul qilishda ham ma’lum qoidalariga rioya qilish muhimdir, aks holda ular foydasiz yoki hatto sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Balansli ovqatlanish o‘rniga vitaminlar qabul qilish

Vitaminlar muvozanatli ratsionni vaqtincha o‘zgartirishi mumkin, ammo ular to‘g‘ri ovqatlanishning o‘rnini to‘liq bosa olmaydi. Agar biror sababga ko‘ra turli xil va to‘yimli mahsulotlarni iste’mol qilishning imkoni bo‘lmasa, vitamin va qo‘shimchalar qabul qilish mumkin. Shuningdek, mavsumiy vitamin tanqisligini qoplash uchun ham ularni qo‘llash mumkin, lekin buni doimiy ravishda amalga oshirib bo‘lmaydi. Ayniqsa, har qanday vitaminlarni faqatgina shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra qabul qilinishi lozim.

Vitaminlarni saqlashda qoidalarni buzish

Vitaminlar ham boshqa dorilar kabi bir xil e’tiborni talab qiladi. Hatto saqlash yoki qabul qilish qoidalarining ozgina buzilishidan ham ular tanaga ta’sirini sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun, saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni diqqat bilan o‘rganib chiqib, unga amal qilish tavsiya etiladi.

Vitaminlarni och qoringa qabul qilish

Vitamin va minerallarning butun ro‘yxatidan faqat bir nechtasi och qoringa qabul qilish uchun mos keladi. Qolganlarning hammasi, agar och qoringa qabul qilingan bo‘lsa, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i va boshqa noqulayliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham har qanday holatda vitaminlarni ovqatdan keyin qabul qilish yaxshiroq.

Dori vositalari va vitaminlar

Agar bir nechta dori-darmonlar qabul qilinsa, ayniqsa vitaminlarga ehtiyot bo‘lish kerak. Ularning ko‘pchiligi dorilarning ta’sirini kuchaytirishi, zaiflashtirishi yoki butunlay bekor qilishi mumkin. Oxir-oqibat kutilganidan mutlaqo teskari natijani olish mumkin. Achinarlisi, ba’zi kombinatsiyalar umuman halokatli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun dori vositalari va vitaminlarning o‘zaro ta’sirini diqqat bilan o‘rganish yoki davolanish jarayonida uni qabul qilishdan butunlay voz kechish lozim.

Tahlildan oldin vitaminlarni qabul qilish

Agar tahlil yoki boshqa tibbiy tekshiruvlardan o‘tishga to‘g‘ri kelsa, kamida 24 soat ichida hech qanday qo‘shimchalarni qabul qilmaslik yaxshiroqdir. Shuningdek, shifokorga qaysi qo‘shimchalar qabul qilinayotgani ma’lum qilinishi kerak, chunki ularning ta’siri kutilmagan natijalariga olib kelishi va to‘g‘ri tashxis qo‘yishni qiyinlashtirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Vitaminlarni zaharga aylantirishi mumkin bo‘lgan 5 xato