4 673
Qiziqchi Avaz Oxun rulda uxlab qolib, dahshatli avtohalokatga uchragani haqida gapirib berdi (video)
Qiziqchi Avaz Oxun «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida Avaz Oxun rulda uxlab qolib, oilaviy avtohalokatga uchragani va o‘sha kunni hayotidagi eng og‘ir kun deb hisoblashi haqida gapirib berdi.
- "Oilaviy avtohalokatga uchragan kunim, juda og‘ir ahvolga tushganman. O‘shanda endi tanilgan vaqtim edi. Andijon Qo‘qon katta trassasida ayolim, qizim bilan ketayotgan edik, u vaqtda boshqa bolalarim yo‘q edi. Qizimga «qol, qol, desak ham, men ham ketaman», deb turib olgan edi.
Sahar vaqtida katta yo‘lda ketayotganimizda ko‘zim ketib qolib, rulda uxlab qolganman. Niyat qilib, navbatlarda turib, birinchi marotaba Spark moshinasini olgan edim. Mashinani olganimga 3 kun bo‘lgandi. Vodiyga borib, uydagilar bilan ko‘rishib, qaytayotganimda shu hodisa bo‘lgan.
Moshina dumalab ketgan. Bir payt ko‘zimni ochsam, moshina ag‘darilib yotibdi. Qizim yig‘laganini eshitganimdan so‘ng, hushimga kelganman. Moshinaning eshigini ochib, chiqib, bitta qo‘lim bilan qizimni odamlarga uzatdim. Keyin bizni shifoxonaga olib ketishgan. Ilohim bunday holat hech kimning boshiga tushmasin.
Katta jarohat olmaganman, lekin juda og‘ir kun bo‘lgan. Bir oy qulog‘im eshitmay yurgan. Shifoxonaga olib borishganda «Avaz keling qoningizni artib qo‘yay», deyishganida ham, «menga tegmanglar bolamga qaranglar, bolamga yaxshiroq qaranglar, iltimos, menga tegmanglar, bolamga, bolamga», deyaverganman. Bo‘lmasa o‘zim ham yordamga muhtoj bo‘lib turganman. Xudoga shukr, qizimni tekshirishganlaridan so‘ng soppa-sog‘ bo‘lgan", - deydi Avaz Oxun.
Ma’lumot uchun, Avaz Oxun 1983 yil, 27 aprelda Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat San’at va madaniyat institutini tugatgan. 2014 yil «Turkiston» san’at saroyida «Yangisini eshitdingizmi», Xalqlar do‘stligi san’at saroyida 2015 yil «O‘zimizning gaplar», 2016 yil «Samimiy kulgi», 2017 yil «7 dan, 70 gacha», 2018 yil «Yangisi yangida», 2019 yil «O‘zbekcha kulgi», 2020 yil Zo‘r TV kanalida harbiylar uchun konsert dasturlarini taqdim etgan. 2021 yil «Kulgilaringizni sog‘indim» konsert dasturini taqdim etish arafasida. Oilali, to‘rt farzandning otasi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi