3 858
Muqaddas Sa’dullayeva Yigitalining yana bir marta uylanishiga qarshi emasligi, Rayhon klipiga taklif qilsa, suratga tushishi haqida
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva «Salom Live» YouTube-kanaliga intervyu berdi. Intervyu davomida aktrisa turmush o‘rtog‘ining avvalgi nikohlaridan bo‘lgan farzandlarini sog‘inishi, Rayhonning klipidan taklif bo‘lsa, rozilik berishi hamda turmush o‘rtog‘ining yana bir marta uylanishiga qanday shart bilan rozi bo‘lishi haqida so‘zlab berdi.
Muqaddas Sa’dullayevaning aytishicha, Yigitali Mamajonov egizak o‘g‘illari Islom va Imronni sog‘inadi, biroq ma’lum sabablarga ko‘ra ular bilan uchrasha olmaydi.
«Odamlar o‘ylaydi, bolalarini esdan chiqarib yuborgan deb. Lekin unaqa emas. Fikr-u xayollari faqat farzandlarida. O‘g‘limizning har bitta xatti-harakatlarini Islom va Imronga o‘xshatadilar. Men ularning ko‘rishishini judayam xohlayman. Farzandlarimiz tanishib, birga aylanishga borib, ahil bo‘lib ulg‘ayishini xohlayman. Umid qilamanki, ular tez kunda ko‘rishishadi», — deydi aktrisa.
Shuningdek, aktrisa Rayhon agar klipiga taklif qilsa, rozilik berishi haqida ham gapirdi.
«Agar shunaqa bo‘ladigan bo‘lsa, boshqa erkak bilan partnyor bo‘lmasam, tushaman, albatta. Mening ularga hech qanaqa yomonligim yo‘q. Hurmat qilaman ularni. Agar meni noto‘g‘ri tushunib qolgan bo‘lsalar ham, uzr so‘rayman», — deydi Muqaddas.
Aktrisa turmush o‘rtog‘iga yana bir xotin olib berishga qanday shart bilan rozi bo‘lishi haqida shunday deydi:
«Ba’zan yonimizdan chiroyli qiz o‘tib qolsa, rashkimni keltirish uchun ‘Onasi, jannatlardan joy egallashni xohlamaysizmi?’, deb qoladilar. Eriga ikkinchi xotin olib bergan ayolga jannatdan joy naqd bo‘ladi, degan ma’noda. Men rozi bo‘lishim mumkin, faqat uylanadigan ayolingiz haqiqatan turmush qurish umidida yurgan nogiron, cho‘loq yoki bukri qiz bo‘lishi kerak, deyman. Chunki ularning ham baxtli bo‘lishga haqqi bor. Bular esa ‘Yo‘q, menga chiroylisi kerak, deydilar». “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi