11:02 / 17.11.2021
2 032

Taomni tezroq pishirishga yordam beradigan 10 ta layfxak

Taomni tezroq pishirishga yordam beradigan 10 ta layfxak
Foto: Freepik
Uy bekalarining yumushini oson qilishga hissa qo‘shadigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Pastani tovada pishiring
Pasta tezroq pishishi uchun uni devorlari balandroq bo‘lgan tovada pishirish yaxshi ish beradi. Buning uchun sovuq suv quyilgan tovaga makaronlarni solish kifoya.

Suli va dukkakli mahsulotlarni ivitib qo‘ying
Suli va dukkakli mahsulotlarni ivitib qo‘yish orqali organizmga singmaydigan fitin kislotasidan qutilish hamda tez pishishini ta’minlash mumkin bo‘ladi.

Qolgan mahsulotlarni muzlatib qo‘ying
Guruch yoki boshqa mahsulotni ko‘proq pishirib yuborgan bo‘lsangiz, qolganini hech ikkilanmay muzlatkichga solib qo‘ying. Kerak bo‘lganida olib ishlataverasiz.

Meva va sabzavotlarni ham muzlatib qo‘ying
Bo‘laklarga bo‘lingan, shuningdek, qorayib qolishni boshlagan meva va sabzavotlarni ham muzlatkichga solib qo‘yishingiz mumkin. Keyin ularni olib smuzi tayyorlash uchun foydalansangiz bo‘ladi.

Sarimsoqni ovqat so‘ngida qo‘shing
Tez qorayib, achchig‘i chiqishi mumkinligi sabab sarimsoqni ovqatning oxirida qo‘shish tavsiya qilinadi.

Muzlagan go‘shtni metall idishda eriting
Issiqlik o‘tkazishi yuqori ekani sabab ham go‘shtni metall idishda eritish tavsiya qilinadi.

Zanjabilning yangisini tanlang
Zanjabilning ta’mi yoqsa, ammo uni tozalashga vaqtingiz bo‘lmasa, uni yangisini tanlab, qirg‘ichdan chiqaring.

Qalampirni ham muzlating
Bir urinishda hammasi ishlatilmagani sabab ham ko‘pincha qalampirning qolgan qismi sovitkichga qo‘yiladi. Ba’zida esdan chiqqani sabab esa yomon bo‘lib qolishi ham mumkin. Shu sabab ham uni muzlatkichda saqlash tavsiya qilinadi, kerak bo‘lganda olib ishlataverasiz.

Sabzavotlarni artmang
Sabzavotlardan sho‘rva yoki ragu tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, po‘stini artmasdan cho‘tka yordamida tozalasa ham bo‘ladi. Shunda foydali xususiyatlari saqlanib qoladi va ta’mi ham o‘zgarmaydi.

Tuxumning sarig‘ini oqidan baklajka yordamida ajrating
Baklajkaning tepa qismini biroz qisib, tarelkaga chaqilgan tuxum ustiga olib kelin. Sarig‘ini olgandan keyin baklajkani qo‘yib yuboring. Vaqtingiz tejalishi aniq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Taomni tezroq pishirishga yordam beradigan 10 ta layfxak