Foto: Freepik
Ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi, qizarish va shish paydo bo‘lishining sababi telefondan ko‘p foydalanishdan tashqari, boshqa sabablar bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Qon tomirlarning shamollashi
Ortiqcha vazn, zararli odatlar va irsiy omillar ham qon tomir tizimiga ta’sir qilib, ko‘rish qobiliyatining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Masalan, gipertoniya arteriya va tomirlarni shikastlab, ko‘zda muammolar keltirib chiqaradi.
Infeksiyalar
Infeksiya sabab kuzatiladigan kasalliklar ham ko‘zda muammo kuzatilishiga olib kelishi mumkin. Gerpes, parazit infeksiyalar, zaxm (sifilis) sil va VICH infeksiyalar shular jumlasidan. Har bir infeksion kasallikka xos simptom boshqasidan farq qilishi mumkin. Lekin aksariyat hollarda bemor bir yoki ikkala ko‘zning qizarishi, qichishi, ko‘rish qobiliyatining susayganidan shikoyat qiladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, alomatlar kuzatilganda shifokorga murojaat qilish kerak.
Qandli diabet
Ko‘zda muammo kuzatilishi qandli diabetga xos keng tarqalgan alomatlardan sanaladi. Kasallikning rivojlanish jarayonida ko‘z pardasi va qon tomirlari shikastlanishi kuzatiladi. Shu sabab ham doimiy ravishda oftalmolog va endokrinologga murojaat qilish kerak.
Autoimmun kasalliklar
Psoriatik artrit, revmatoid artrit, shegren sindromi singari kasalliklarda ham ko‘z bilan bog‘liq muammolar kuzatilishi mumkin. Skleroz ham, shuningdek, ko‘z kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin. Bemorlar har safar ko‘zini ochib-yumganda og‘riqni his qilishadi.
Nevrologik kasalliklar
Odam organizmidagi barcha tizimlar bir-biri bilan aloqador bo‘ladi. Shu sabab ham bir qator nevrologik kasalliklar ko‘zga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bunda darhol nevrolog shifokor bilan maslahatlashish kerak. Insult eng ko‘p tarqalgan sabablardan hisoblanadi. Uning oqibati ko‘rish qobiliyatining yomonlashishiga olib kelishi ham ehtimoldan yiroq emas. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi