Foto: Freepik
Tish salomatligi haqidagi qanday qarashlar haqiqatdan farq qilishi haqida «Domashniy ochag» jurnali ma’lumot berib o‘tadi.
Cho‘tkaning qattig‘i yaxshiroq
Ko‘pchilik qattiq cho‘tka tishlarni yaxshiroq tozalaydi deb o‘ylaydi. Aslida esa unday emas. Qaysidir ma’noda shunday ham bo‘lishi mumkindir, ammo yaxshiroq samara berishi ko‘proq, vositadagi mayda cho‘tkalar miqdori qanchalik ekaniga bog‘liq bo‘ladi. Ammo shu bilan birga cho‘tkaning yumshog‘i chekadigan kishilarning tishidagi sarg‘ishni asli ketkazmasligini yodda tutish kerak. Qattiq cho‘tkaning bir yomon tarafi — uzoq vaqt kuch bilan ishlatilsa, milklarni shikastlashi mumkin.
Saqich tishlarni tozalaydi
Tarkibida shakar bo‘lmagan saqich tishlar uchun foydali. Saqichni ovqat iste’molidan keyin og‘iz bo‘shlig‘ini tozalash, yoqimsiz hid va ta’mni ketkazish uchun chaynash kerak. Ammo u tish yuvish pastasining o‘rnini bosa olmaydi, u so‘lak ajralishini jadallashtiradi, bu esa tozalash xususiyatini oshadi.
Elektrli tish cho‘tkasi yaxshiroq
Mutaxassislar qaysi tish cho‘tkasi yaxshiroq ekani haqida turli fikr bildiradi. Elektrli cho‘tka bilan muayyan vaqt davomida foydalanish kerak. Ishlab chiqaruvchilarning ko‘rsatmasiga binoan har 30 soniya kifoya qiladi. Manual cho‘tkalarning esa har bir odamga xos varianti va xususiyatlari ham ko‘proq.
Tishlarni tozalashda olmadan ham foydalansa bo‘ladi
Ajralgan so‘lak og‘iz bo‘shlig‘ining tozalash xususiyatiga ega, ammo olma haqida bunday ma’lumot yo‘q. Olma odatiy cho‘tka yoki tish cho‘tkasining o‘rnini bosa olmaydi, ammo tishlar ahvoliga favqulodda yordam berishi mumkin. Olma, salat bargi, qovoqcha, piyoz, bodring, sabzi va nok tishlarni tozalashga yordam beradi.
Shakar kariyesni keltirib chiqaradi
Shakar kariyes va boshqa kasalliklarni kelib chiqishiga olib kelishi mumkin, lekin u kariyes paydo bo‘lishining asl sababi bo‘la olmaydi. Uglevodlar kariyesning paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi, chunki tishdagi mikroorganizmlar bir zumda uglevod va shakarni kislotaga aylantiradi. Bu esa mahalliy PH’ni susaytiradi. Shuning hisobiga tish emali zaiflashadi va kariyes paydo bo‘lishiga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»