19:00 / 09.12.2021
2 262

70 yashar bo‘lsa ham, tetik ko‘rinishga ega Jill Baydenning ovqatlanish qoidalari

70 yashar bo‘lsa ham, tetik ko‘rinishga ega Jill Baydenning ovqatlanish qoidalari
Foto: «Yandeks Dzen»
O‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadigan ayol, ona, rafiqa va jamoat faoli sifatida Jill oila va karerani umumlashtirishni yaxshi biladi. U oilasi haqida qayg‘urish bilan birga, salomatligiga e’tibor berishni ham kanda qilmaydi. U uchun hamma narsa balansdan, sog‘lom parhez va jismoniy mashg‘ulotlardan boshlanadi. Yoshi 70 da ekaniga qaramay, Jo Baydenning rafiqasi Jill Bayden latofatli va tetik ko‘rinadi. Buning siri nimada ekani haqida «Yandeks Dzen» platformasidagi maqola orqali javob beriladi.

Bir qancha majburiyatlari borligiga qaramay, birinchi xonim hamisha o‘z prinsiplariga sodiq. AQSH prezidenti va uning rafiqasi uchun taom tayyorlashga hozir-u nozir oshpaz bor bo‘lsa-da, sog‘lom ovqatlanish haqida gap ketganda ularning o‘zi qaror qabul qiladi. AQSHning birinchi xonimi ovqatlanish borasida 4 qoidaga amal qiladi.

Ovqatni mehr bilan tayyorlash
Ovqat pishirishni yaxshi ko‘radigan Jill bu borada oddiylikni afzal biladi. Parade nashriga bergan intervyusida u shunchaki barcha mahsulotlarni birga to‘plashni ma’qul bilishini ta’kidlagan. Ratsioni sog‘lom bo‘lishi uchun esa oilaviy taomlarga biroz sabzavot qo‘shishni ham esdan chiqarmaydi.

Foto: «Yandeks Dzen»
Hech qanday cheklov yo‘q
Birinchi xonim muayyan bir mahsulotni taomnomadan butkul chiqarib tashlash haqida o‘ylab ko‘rmagan. Gap balansli parhez haqida ketar ekan, u sog‘lom va ochiq pozitsiyada bo‘lish kerak, vaqti-vaqti bilan o‘zini siylab turish zarur deb hisoblaydi. Ma’lum bo‘lishicha, bolaligida unga shirin ichimlik va pechenelarga hech qanday cheklov bo‘lmagan. Aynan shu sabab ham u o‘zida zararli mahsulotlarga bo‘lgan moyillik hech qachon haddan ortmagan deb hisoblaydi. Fastfudning fanati bo‘lmagan farzandlari ham sog‘lom ovqatlanishning tarafdori.

Foto: «Yandeks Dzen»
Tamaddiga bodom
Parade’ga bergan intervyusida Jill o‘zini sog‘lom ovqatlanishni sevuvchi kishi deb atagan. U stressli vaziyatlarda hamisha bodom bilan tamaddi qilishini ma’lum qilgan. Foydali yog‘larning koni hisoblangan bodom qorinni to‘q tutadi, salomatlik uchun ham foydali hisoblanadi. Bundan tashqari, Jill ko‘p suv ichish va doimiy ravishda sport bilan shug‘ullanishni ham kanda qilmaydi.

Foto: «Yandeks Dzen»
Foydali yeguliklar
Boston Globe’ning ma’lum qilishicha, Bayden xonimning sevimli pechenesi salomatlik uchun foydali hisoblanadi. Suli yormasidan tayyorlangan pechenelar Jillning jon-u dili. Ushbu pecheneni siz ham uy sharoitida tayyorlasangiz bo‘ladi.

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
suli yormasi — 150 g;
banan — 1 dona;
bodom — 20 g;
quritilgan xurmo — 8 dona;
dolchin —1 choy qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni
Xurmoni 10 daqiqa issiq suvga solib, ivitib qo‘ying.
Xurmo va bananni qo‘shib blenderda aralashtiring.
Suli yormasi, dolchin, bodom qo‘shib aralashtiring.
Dumaloq shaklga keltirib, 180 daraja qizigan pechda 10 daqiqa davomida pishirib oling.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 70 yashar bo‘lsa ham, tetik ko‘rinishga ega Jill Baydenning ovqatlanish qoidalari