
Foto: Instagram / @mashatilly
Lola Karimova-Tillayevaning to‘ng‘ich farzandi Maryam 2021 yilning 13 aprelida rossiyalik YouTube bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqqan edi. Juftlikning to‘yi Amerikaning Las-Vegas shahridagi mehmonxonalardan birida, tor doirada bo‘lib o‘tgandi.
To‘ydan so‘ng Maryam Tillayeva ham blogerga aylandi, uning kuzatuvchilari soni ham qisqa muddat ichida bir necha yuz ming kishiga yetdi. Yaqinda Maryam turmush o‘rtog‘i bilan birga Rossiyaga ko‘chib o‘tdi. Juftlik bir muddat Moskvada yashashini ma’lum qildi.
Amiran Sardarov YouTube kanallardan biriga bergan intervyusida Maryamga pul uchun uylangani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.
«Men ham, Masha ham (Maryam) uning ota-onasi bilan gaplashmaymiz, aloqamiz yo‘q. Men uning hayotida paydo bo‘lishim bilan ular biz bilan gaplashmay qo‘ydi. Bu sizlarga aytishim mumkin bo‘lgan hamma ma’lumot», — deydi Amiran. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar