19:20 / 20.12.2021
1 485

Yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladigan kutilmagan mahsulotlar

Yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladigan kutilmagan mahsulotlar
Foto: Grazia
Xayolingizga ham kelmagan mahsulotlar hayot uchun muhim bo‘lgan yurak salomatligini yaxshilashi haqida Grazia nashri ma’lumot berib o‘tadi.

Pistalar
100 gramm kungaboqar pistasida yurak faoliyati uchun muhim bo‘lgan magniyning 10 foizi mujassam bo‘ladi. Qolaversa, pista tarkibida yurak-qon tomir tizimi uchun muhim bo‘lgan rux moddasi ham bisyor. Qovoq urug‘i esa «yomon» xolesterin miqdorini kamaytiruvchi kletchatkalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, qovoq urug‘ida ham 65 gramm magniy mavjud.

Qahva
Sidney universiteti olimlari me’yorida iste’mol qilingan qahva aritmiyani kamaytiradi degan xulosaga keldi. Asosiysi, sut va shakar qo‘shilmagan qora qahva ichish. Kofeindan tashqari ushbu ichimlikda yurak salomatligi uchun muhim bo‘lgan boshqa moddalar ham ko‘p.

Tomat pastasi
Tomat pastasi yurak salomatligi uchun muhim bo‘lgan likopinning koni. Uning atigi 4 grammida likopinning kunlik me’yori mujassam.

Kartoshka
Qaynatilgan yoki yog‘siz pechda pishirilgan kartoshka yurak-qon tomir tizimi va qomat uchun xavfsiz. Gap shundaki, kartoshkada qon bosimini nazorat qilishga yordam beradigan kaliy va qizil qon tanachalarining tashkil topishida muhim sanalgan B6 vitamini mavjud.

Banan
Kun davomida iste’mol qilingan atigi bir dona banan kaliy va natriy balansini me’yorda bo‘lishiga hissa qo‘shadi. Ushbu elementlar barcha mushaklar, xususan, yurak faoliyatini ham yaxshilaydi. Shuning hisobiga ham banan yurak salomatligi uchun eng muhim mahsulotlardan sanaladi.

Yogurt
Boston universiteti mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda bir kunda iste’mol qilingan yogurtning atigi ikki porsiyasi infarkt va insult xavfini 30 foizga kamaytirishi aniqlangan. Ammo buning uchun shakar qo‘shmasdan yog‘sizini iste’mol qilish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladigan kutilmagan mahsulotlar