09:23 / 23.12.2021
1 597

Qanday nonushtalar zararli?

Qanday nonushtalar zararli?
Endokrinolog Tarasko: go‘sht, achchiq choy va och qoringa ichilgan qahva va shirinliklarni nonushtada iste’mol qilish zararli.
Endokrinolog shifokor va parhezshunos Anastasiya Tarasko RIA Novostiga qaysi nonushtalar eng zararlilar qatoriga kirishi haqida so‘zlab berdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, och qoringa ichilgan achchiq choy va qahva oshqozon ichak traktining shilliq qavatini bezovta qiladi va quvvat bermaydi. Nonushtaga shirinliklar: tort, konfet, pishiriq iste’mol qilish ham tavsiya qilinmaydi. Bu mahsulotlar tarkibida tez so‘riladigan va glyukozaning ko‘payib ketishiga sabab bo‘luvchi uglevodlar bor. Natijada ko‘p vaqt o‘tmay ochlik hissi paydo bo‘ladi, bosh og‘rishi ham mumkin.

Yog‘li go‘sht, dudlangan mahsulotlar, marinadlangan oziq-ovqatlarning barchasi hazmi qiyin taomlarga kiradi. Bunday nonushtadan so‘ng uyquchanlik paydo bo‘ladi, ishchanlik qobiliyati tushib ketadi. Kunning har bir vaqtidagi ovqatlanishda men mahsulotlar likopchasi qoidalariga rioya qilishni tavsiya qilaman. Bu sizning umumiy proteiningizning to‘rtdan bir qismini iste’mol qilishingiz kerakligini anglatadi. Uning bir qismini tuxum, tvorog, kurka go‘shti, tovuq go‘shti, yog‘siz baliq, yarmini sabzavot va mevalar, va qolgan choragiga uzun uglevodlar yoki bug‘doy mahsulotlari kiradi”, - deydi mutaxassis.

Uning fikricha, bu tarkibga oz miqdorda sog‘lom yog‘lar, sariyog‘ yoki qayta ishlanmagan o‘simlik moylari va yong‘oqlar ham qo‘shilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qanday nonushtalar zararli?