23:54 / 01.01.2022
1 521

Sovuqning salomatlik uchun foydali bo‘lgan 5 xususiyati

Sovuqning salomatlik uchun foydali bo‘lgan 5 xususiyati
Foto: Freepik
Sovuq mavsum hamisha ham kasalliklarning rivojlanishi, salomatlik bilan bog‘liq turli muammolarning kelib chiqishiga olib kelavermaydi. Buni Harper’s Bazaar nashri tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan ham bilish mumkin.

Immunitetni mustahkamlaydi
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, sovuq, darhaqiqat, immunitetni mustahkamlab, ko‘plab virusli infeksion kasalliklarning oldini oladi. Sovuq haroratli havoda muntazam ravishda vaqt o‘tkazadiganlar boshqalarga nisbatan kam kasal bo‘ladi.

Uyqusizlikka davo bo‘ladi va uyqu sifatini yaxshilaydi
Qishda uyqu sifati sezilarli darajada yaxshilanadi: sovuq havo miyani kislorod bilan ta’minlab, to‘yib va tiniqib uxlashga hissa qo‘shadi. Mutaxassislarning fikricha, Selsiy shkalasi bo‘yicha taxminan 16-19 daraja iliqlik uyqu uchun eng a’lo harorat hisoblanadi. Haroratning undan yuqoriroq bo‘lishi uyqu sifatining buzilishiga olib keladi.

Og‘riq qoldiruvchi singari ish beradi
Sovuq yallig‘lanishga qarshi va og‘riqsizlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Uning qisqa muddatli ta’siri og‘riq retseptorlarini bloklab, shishlarni kamaytiradi. Shunga qaramay, sovuq havoda qon tomirlar qurishni boshlaydi bu esa nerv tolalarining sezuvchanligini kamaytiradi. Shu sabab ham sovuqda hatto surunkali migrendagi bosh og‘rig‘i ham kamayishi mumkin.

Teriga yoshartiruvchi ta’sir ko‘rsatadi
Sovuq terining mikrosirkulyatsiyasini yaxshilab, uning tonusda va tarang bo‘lishini ta’minlaydi. Uning ta’sirida shishlar, ajin va ko‘z ostidagi halqalar kamayishi, teri rangi esa yaxshilanishi mumkin. Natijada teri sog‘lom, elastik va tiniq ko‘rina boshlaydi. Qolaversa, sovuq harorat terining erta qarishining oldini oladi. Kriomuolaja — sovuq bilan davolashdan ko‘zlangan maqsad ham qon aylanishini yaxshilab, hujayralararo moddalar almashinuvini faollashtirish, natijada ajinlarni bartaraf etishdan iborat.

Moddalar almashinuvini yaxshilaydi
Sovuq haroratda metabolizm jarayoni jadallashadi. Qolaversa, sovuqdan qaltiraganda yog‘larni eritish xususiyatiga ega bo‘lgan irisin gormoni ishlab chiqariladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 15 daqiqa sovuqda bo‘lish va titrash to‘liq mashg‘ulot bilan shug‘ullanish o‘rnini bosadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sovuqning salomatlik uchun foydali bo‘lgan 5 xususiyati