1 824
15 daqiqa ertaroq uyg‘onishga turtki: nonushtaning ko‘pchilikka noma’lum afzalliklari
Foto: Pinterest
Ba’zilar ko‘proq uxlash umidida muntazam ravishda nonushtadan voz kechadi. Biroq bunday tanlov har doim ham sog‘liq uchun yaxshi emas va bu energiyaning ortishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun nonushta eng muhim ovqatlanish hisoblanadi.
Energiyani oshiradi
Uzoq uyqudan keyin organizm taxminan 10-12 soat davomida oziqlanmaydi. Sog‘lom nonushta organizmning energiya va ozuqa moddalari zaxiralarini to‘ldiradi. Ertalabki ovqatni o‘tkazib yubormaydiganlar o‘zlarini hushyor va faol his qiladi, shuningdek, ular uchun diqqatni vazifalarga jamlash va yangi ma’lumotlarni yodda saqlash osonlashadi.
Vitamin va minerallar kunlik miqdorining bir qismini beradi
Inson sog‘lig‘ini saqlash uchun har kuni ma’lum miqdorda ozuqa olishi kerak. Nonushta qiladiganlar tavsiya etilgan kunlik vitamin va minerallarning biq qismini iste’mol qiladi. Biroq ratsionda kletchatka va oqsilga boy sog‘lom mahsulotlarga ustunlik berish kerak. Kunni fastfud bilan boshlash salomatlikni yaxshilashi dargumon.
Vaznni nazorat qilishga yordam beradi
Nonushta qilish tushlik bo‘lmay turib, ochlikni his qilishdan saqlaydi, shuning uchun duch kelgan taomlarni iste’mol qilish ehtimoli kamayadi. Ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ertalabki ovqatni o‘tkazib yuboradiganlarda ortiqcha vaznga ega bo‘lish xavfi ko‘proq.
Agar nonushta qilishga vaqt yo‘q bo‘lsa, unda gazak uchun variantlarni oldindan o‘ylab ko‘rish va ozuqaviy moddalarga boy – yogurt, meva, sabzavotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda