Foto: Getty Images
Agar keragidan ko‘proq kartoshka archgan bo‘lsangiz, ular qurib yoki qorayib qolmasligi uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling.
Kartoshka nima uchun qorayadi?
Afsuski, archilgan kartoshkaning sifati tez buziladi. Po‘chog‘idan tozalanganidan keyin bir necha soat ichida ildiz mevalar qora dog‘ bilan qoplanadi. Bu organik moddalarning oksidlanishi bilan bog‘liq. Kartoshka tarkibida fermentlar mavjud. Ular kislorod bilan o‘zaro ta’sirlashganda, kimyoviy oksidlanish reaksiyasi boshlanadi va sabzavot qorayadi.
Ayniqsa, yetishtirishda ko‘p miqdorda azotli o‘g‘it qo‘llanilganda, tozalangan kartoshka juda tez qorayadi. Bu jarayon nitratlarning ko‘pligini bilvosita tasdiqlaydi.
Tozalangan kartoshkani saqlashning 3 xil usuli bor:
Kartoshkani oldindan archish tavsiya etilmaydi, taom tayyorlashdan oldin darhol tozalagan ma’qul. Butun holatda ancha yaxshi saqlanadi. Aks holda, sabzavotlar tezda asl ta’mini va foydali xususiyatlarini yo‘qotadi.
1. Tozalangan kartoshkani yaxshilab yuvib, sovuq suvli idishga soling (suv sabzavotlarni to‘liq qoplashi kerak). Bunday holda kislorod yetkazib berish kamayadi va oksidlanish sekinlashadi. Suvda eriydigan B1, C1, PP va B2 vitaminlari, uglevodlar va organik kislotalar, minerallar (kaliy, temir, natriy, magniy va kalsiy) yo‘qligi sababli ildiz mevalarni bu tarzda uch-to‘rt soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida saqlash mumkin.
2. Kartoshkalarni qaynoq suv bilan ham yuvish mumkin. Issiq suv bilan ishlov berish tom ma’noda sabzavotning yuqori qatlamlarida fermentlar parchalanishiga yordam beradi. Bunday kartoshka uzoqroq saqlanadi, lekin ta’mi o‘zgaradi.
3. Tozalangan kartoshkalarni politelien xaltaga solib, muzlatkichga qo‘ying. Shu tarzda sabzavotlarni 24 soatgacha saqlash mumkin. Pishirishdan oldin sabzavotlarni muzdan tushirmang, darhol qaynoq suvga soling. Kartoshka qovurish yoki sho‘rva uchun bo‘lsa, u holda avval bo‘laklarga bo‘lib, keyin muzlatkichga qo‘yish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi