Kaliforniyalik Kayla Mexan ismli ayol 70 kilogramm vazn yo‘qotishdan oldin ko‘plab parhezlarni sinab ko‘rdi, ammo ularning hech biri ish bermaganidan hafsalasi pir bo‘ldi. 33 yoshga kirgan Kayla ortiqcha vazndan uzoq vaqt qutula olmadi, lekin uni hamisha qo‘llab-quvvatlovchi oilasi tufayli kutilgan natijalarga erishdi.
Foto: «Domashniy ochag»
Avvaliga Kaylaning vazni 145 kilogrammni tashkil etgan bo‘lsa, hozir tarozidagi raqamlar 77 ni ko‘rsatmoqda. Kayla o‘zining maksimal vazniga yetganida, u sog‘lig‘idan xavotir ola boshladi. Bu unga kundalik vazifalarni bajarishda qiyinchilik tug‘dirardi. Bir payt Mexan bu ketishda qandli diabet kasaliga chalinishi mumkinligi haqida o‘ylab qoldi.
Kaylaning otasi 55 yoshida yurak xastaligidan vafot etgandi, shuning uchun ham u sog‘lig‘i haqida qayg‘ura boshladi. «Yurak xastaliklarida semirish mutlaqo mumkin emasligini bilaman. Men yosh o‘lishni xohlamaganman va hozir ham xohlamayman. Buning uchun sog‘lig‘imni nazorat qilish juda muhim ekanini anglab yetdim», – deydi Kayla.
Foto: «Domashniy ochag»
2018 yilda 145 kg vaznga ega bo‘lgan Mexan sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qila boshladi. U o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi – 70 kg vaznga erishish uchun intilardi. Ko‘proq yog‘siz oqsil iste’mol qilishga hamda ratsioniga meva va sabzavotlarni qo‘shishga qaror qildi.
«Men sog‘lom turmush tarziga rioya qildim va zararli kundalik odatlar bilan kurashdim. Chunki vazn yo‘qotishim, shuningdek, uzoq vaqt davom etadigan barqaror natija kerak edi», – deydi Kayla.
Foto: «Domashniy ochag»
Vazn kamaytirish guruhida uning nimadan qo‘rqayotganini hech kim eshitmadi va undan doimiy ovqatlanish odatlaridan butunlay voz kechish ham talab etilmadi. Hamma narsa reja bo‘yicha, asta-sekin va o‘lchovli edi. Bundan tashqari, u vazn yo‘qotmoqchi bo‘lgan odamlar bilan uchrashuvlarda qatnashdi, bu ham unga katta yordam bo‘ldi.
«Juda ko‘p vazn yo‘qotgan boshqa odamlarni ko‘rganimdan so‘ng men ham uddalay olaman deb o‘yladim», – deydi u. Uning kunlik jadvalida bor-yo‘g‘i 10 daqiqa yurish va kikboksing bor edi. Aytgancha, ba’zi odamlar uchun hatto o‘z to‘yidagi fotosurat ham yangi hayot boshlash uchun turtki bo‘lishi mumkin.
Foto: «Domashniy ochag»
Natijada hayotini o‘zgartirishni istagan Kayla ozish bo‘yicha maqsadga erishish uchun rioya qilish kerak bo‘lgan uchta jabhani aniqladi:
- qo‘llab-quvvatlovchi insonlar;
- kichik maqsadlar;
- yaxshi odatlarni rivojlantirish.
«Hozir meva va sabzavotlarni sevib iste’mol qilaman, bu men uchun yangilik. Tuxum, tovuq va kurka go‘shtini yaxshi ko‘raman va kolbasa mahsulotlarini ham yeyishim mumkin», – deb tushuntiradi amerikalik. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar