Nutritsiolog Kristina Juravleva RIA Novostiga ayollar ratsioniga kiritishi zarur bo‘lgan mahsulotlarni ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kivi teri salomatligiga juda yaxshi ta’sir qiladi. Qovoq tarkibida esa andioksidant beta-karotin bor. Kollagen ishlab chiqish uchush mas’ul bo‘lgan Vitamin S bilan birgalikda qovoq qarish jarayonini sekinlashtiradi. Qovoq tarkibidagi yuqori miqdordagi kletchatka esa oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydi. Bu ham teri holatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
“Ko‘k choyda saraton kasalligi hamda yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega polifenollar mavjud. Omega-3 va Omega-6 Polito‘yinmagan yog‘li kislotalar epiteliya hujayra membranalarini mustahkamlaydi. Qizil baliq esa ularning asosiy manbai hisoblanadi. Ushbu moddalar sabab teri elastiklashadi, ultrabinafsha nuri jarohatlari kamayadi. Bu esa o‘z o‘rnida teri ko‘rinishi va salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi”, deydi mutaxassis.
Nutritsiolog, shuningdek, avokado mevasining ham ayollar uchun foydali jihatlarini sanab o‘tdi. Avokado vaznni me’yorlashtirishga yordam beradi, teridagi yara-chaqa, jarohatlarni tezda bitiradi, salomatligini yaxshilaydi. Bundan tashqari, avokado tarkibida kaliy, natriy, magniy, S, Ye, K1, B6 vitaminlari, foliye kislotasi, niatsin, pantonen kislotasi ham bor. Yana bir foydali mahsulot zaytun yog‘ida esa A, D, Ye vitaminlari bo‘lib, D vitamini yallig‘lanishlarni oldini oladi, uyqu sifatini yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi, tushkunlik va uyqusizlikni davolaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi