11:00 / 10.02.2022
1 581

Uyquni yaxshilashga yordam beradigan 8 mahsulot

Uyquni yaxshilashga yordam beradigan 8 mahsulot
Kech ovqatlanish uyqusizlikka olib kelishi mumkin. Biroq quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilsangiz, bunday muammoga duch kelmaysiz.

Yong‘oq

Foto: Pexels
Yong‘oq tarkibida inson bioritmlari uchun mas’ul bo‘lgan asosiy gormonlardan biri bo‘lgan melatonin («uyqu gormoni») mavjud. Yong‘oq foydali vitaminlarga boyligi bilan birga tinchlantiruvchi xususiyatga ham ega. Shifokorlar yotishdan bir yoki ikki soat oldin bir hovuch yong‘oq iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Shu bilan bir qatorda pista, olcha, banan ham «uyqu gormoni»ga boy mahsulot hisoblanadi.

Losos

Foto: Pexels
Losos omega-3 yog‘ kislotalarining asosiy manbai hisoblanadi. Journal of Sleyep Research jurnalida dengiz mahsulotlarining uyquga foydali ta’siri haqida maqola chop etildi. Dengiz va okeanlarda yashovchi barcha yog‘li baliq turlari: seld, sardinya, skumbriya, ustritsa, sibas, qisqichbaqa, omar, tunes va treska. Agar baliqni xush ko‘rmasangiz, uni chia, zig‘ir urug‘lari, loviya, tuxum yoki tovuq to‘shi muqobil bo‘la oladi.

Oq guruch

Foto: Pexels
Uglevodli ovqatlar uyquga samarali ta’sir ko‘rsatadi. American Journal of Clinical Nutrition jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yotishdan to‘rt soat oldin ozgina oq guruch iste’mol qilish tezroq uxlashga yordam beradi. Boshoqli o‘simliklar triptofan deb ataladigan oqsil darajasini oshiradi, bu esa o‘z navbatida «baxt gormoni» serotoninni ishlab chiqaradi. Gormon organizmga tinchlantiruvchi vosita sifatida ta’sir qiladi va uning tezroq bo‘shashtirishga imkon beradi.

Tuxum

Foto: Pexels
Tuxum o‘z tarkibida juda ko‘p foydali komponentlarga, jumladan, D vitaminiga ega noyob mahsulotdir. AQSH tibbiyot instituti ma’lumotlariga ko‘ra, sog‘lom uyqu uchun kuniga 10 mikrogramgacha (ikki-uchta tuxum) D vitamini iste’mol qilish kerak. Tuxumni yovvoyi yoki konservalangan baliq, mol go‘shti, mol jigari, shiitake qo‘ziqorini yoki yogurt bilan almashtirish mumkin.

Iliq sut

Foto: Pexels
Sutda tayyor melatonin mavjud emas, lekin uning tarkibida ushbu gormon sintezi uchun zarur bo‘lgan komponentlar: oqsillar, triptofan aminokislotalari, kalsiy va B guruhi vitaminlari mavjud. Bundan tashqari, iliq sut tana haroratini ko‘taradi, bo‘shashtiradi va tinchlantiradi.

Keshyu yong‘oqlari

Foto: Pexels
Keshyu yong‘og‘i organizmning to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydigan magniyga boy. Magniy yetishmovchiligi uyqu buzilishiga olib keladi va bezovta oyoq sindromini keltirib chiqaradi. Agar kalsiyni mushaklar qisqarishida ishtirok etadigan nerv impulslarining o‘tkazuvchisi va regulyatori deb hisoblash mumkin bo‘lsa, magniy teskari rolni bajaradi – u xuddi shu mushaklarni bo‘shashtiradi. Lavlagi, bodom, ismaloq va kunjut ham magniyga boy mahsulot hisoblanadi.

Shirin kartoshka (batat)

Foto: Pexels
Shirin kartoshka – uyquni yaxshi ko‘radiganlar uchun ayni muddao. U nafaqat uxlashga yordam beradigan murakkab uglevodlarni, balki mushaklarni bo‘shashtiradigan kaliyni ham o‘z ichiga oladi. Shirin kartoshka tarkibida 542 milligramm kaliy bor, bu tavsiya etilgan kunlik normaning, taxminan, 10 foizini tashkil qiladi. Kaliy mushaklar qisqarishiga yordam beradi va tungi oyoq uvishishlarining oldini oladi.

Moychechakli choy

Foto: Pexels
Moychechak uyqusizlik bilan mukammal kurashadi va stressni yengillashtiradi. Moychechak choyining tinchlantiruvchi ta’siri romashka gullaridagi apigeninning yuqori miqdori inson asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan modda bilan izohlanadi. Iliq sut kabi bir stakan issiq romashka choyi tana haroratini ko‘tarib, uyquni yaxshilaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uyquni yaxshilashga yordam beradigan 8 mahsulot