10:25 / 15.02.2022
819

Parhez vaqtida shirinlikdan butunlay voz kechish to‘g‘rimi?

Parhez vaqtida shirinlikdan butunlay voz kechish to‘g‘rimi?
Ortiqcha vazn tashlamoqchi bo‘lgan ayollar ishni birinchi navbatda ratsiondan shirinliklarni butunlay chiqarib tashlashdan boshlaydi. Bu salomatlik uchun qanchalik to‘g‘ri?

Shubhasiz, vazn ortishi, semirishda shirinlik jiddiy omillardan biri sanaladi. Biroq parhezda shirinlikdan butunlay voz kechish salomatlikka jiddiy zarar yetkazishi ham mumkin. Bu haqda RIA Novosti agentligiga parhezshunos Yevgeniya Belix ma’lum qildi.

Parhez – organizm uchun katta stress. Biroq shirinliklardan umuman voz kechish ham mumkin emas - bu tushkunlik, apatiya va asabiylikka sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli parhez vaqtida ham organizm shirinlik iste’mol qilib turishi lozim. Bir kunda 30 gramm qora shokolad zarar qilmaydi, aksincha, kayfiyat ko‘tariladi. Organizm ham stressni yengilroq o‘tkazadi”, - deb ta’kidlaydi mutaxassis.

Butun dunyoda parhezshunoslar tomonidan turli xildagi parhez menyulari va metodikalari ishlab chiqilgan. Parhez uchun maxsus menyularning ko‘pchiligida achchiq shokolad ham uchraydi. Chunki shokolad tarkibida kofein va teobromin kabi metabolizm faoliyatini yaxshilaydigan va vazn tashlashga sabab bo‘luvchi moddalar mavjud.

Ko‘p miqdordagi yog‘ va yuqori kaloriyaligi tufayli shokolad ishtahani tezda yo‘qotadi va ochlik hissini to‘yintiradi. Parhez vaqtida ko‘proq iste’mol qilinadigan uglevodlar esa tez hazm bo‘ladi. Va shundan tez-tez ochlik hissi paydo bo‘ladi. Shokolad esa tarkibida kakao sabab tez hazm bo‘ladigan mahsulotlar sirasiga kirmaydi”, - deydi shifokor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Parhez vaqtida shirinlikdan butunlay voz kechish to‘g‘rimi?