
Amerikalik olimlar oʻtkazgan tadqiqotga koʻra, maymunjon mevasi erkaklarda yogʻlar erishiga va sogʻlom ozishga yordam beradi. Bu haqida Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) xabar berdi.
Olimlarning ta'qidlashicha, tarkibida koʻp miqdordagi antotsianlar polifenol tufayli maymunjon mevasi erkaklarda insulinga ta'sirchanlikni oshiradi va moddalar almashinuvini me'yorlashtiradi. Bunday moddalar qizil, binafsha va koʻk rangli mevalarda ham bor. Bundan tashqari maymunjonda kletchatka koʻp boʻlib, bu sogʻlom ozish uchun nihoyatda zarur. Yaxshi samaraga erishish uchun parhezshunoslar har kuni yarim stakan yangi uzilgan maymunjon iste'mol qilishni tavsiya qiladi.
Tadqiqotda 27 ta erkak koʻngilli sifatida ishtirok etgan. Ishtirokchilarning kunlik ratsioniga 600 gramm muzlatilgan maymunjon ( bir kunda 2 portsiyaga boʻlib 300 grammdan) iste'mol qilish kiritilgan. Bundan tashqari, koʻp yogʻli parhez ham kiritilgan boʻlib, unda 40% - yogʻ, 45% - uglevod, 13% - oqsil iste'mol qilish kerak boʻlgan. Ishtirokchilar ratsionidan qizil va binafsharang meva-sabzavotlar chiqarib tashlangan. Jismoniy mashqlar esa yugurish yoʻlakchasida 30 daqiqalik sekin yurish mashqlariga almashtirilgan.
Sinovlar etti kun boʻlib oʻtgan. Bu vaqt davomida ishtirokchilarda insulinga ta'sirchanlikning oshgani va ortiqcha yogʻlarning oksidlangani kuzatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar