22:21 / 06.03.2022
3 170

Terining qurishi va shikastlanishiga olib keladigan 7 ta kundalik odat

Terining qurishi va shikastlanishiga olib keladigan 7 ta kundalik odat
Foto: «Domashniy ochag»
Kuz va qish teri uchun qiyin mavsumdir. U ikki tomonlama ta’sirga duchor bo‘ladi: ko‘chada – sovuqdan, uyda esa – haddan tashqari quruq havodan aziyat chekadi. Shuning uchun yilning shu davrida unga alohida g‘amxo‘rlik qilish va terining haddan tashqari qurishiga olib keladigan xatolarga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Juda issiq dush qabul qilish
Agar tez-tez dush qabul qilishga va issiq suvga odatlanganlar bo‘lsa, teri xavf ostida bo‘lishi mumkin: issiq suv terining tabiiy yog‘ balansini buzishi va uni quritishdan saqlaydigan tabiiy to‘siqqa zarar keltirishi mumkin. Optimal suv harorati 29 darajadan, dush vaqti esa 10 daqiqadan oshmasligi kerak.

Mos kelmagan sovunni tanlash
Foydalaniladigan sovunda qanchalik ko‘p ishqor bo‘lsa, u teriga shunchalik yomon ta’sir qiladi. Shuning uchun qattiq sovunlardan saqlanish va suyuq yoki ko‘p miqdorda yog‘ hamda namlovchi kremi bo‘lgan gellardan foydalanish tavsiya etiladi.

Tez-tez piling qilish
Ushbu protsedurani haftada bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda bajarish tavsiya etiladi, agar teri quruq yoki ta’sirchan bo‘lsa, u holda pilingni kamaytirish kerak. Piling – o‘lik teri hujayralarini olib tashlashning ajoyib usuli, ammo agar bu tez-tez amalga oshirilsa, teri tiklanishiga vaqt topa olmaydi va sog‘lom hujayralar xavf ostida qoladi.

To‘g‘ri kelmagan krem yoki losondan foydalanish
Agar teri quruq bo‘lsa, aqlga kelgan birinchi tabiiy yechim namlantiruvchi krem va losonlardan foydalanishdir. Ammo bu to‘g‘ri emas: bu mahsulotlarning aksariyati asosda suvni o‘z ichiga oladi, u teridan tezda bug‘lanadi va oxir-oqibat uni yanada quruq qiladi. Agar teri quruq bo‘lsa, yog‘li yoki yog‘ asosli mahsulotlarni tanlash lozim. Dushdan so‘ng nafaqat yuzga, balki butun tanaga krem surishni unutmang!

Yetarlicha suyuqlik ichmaslik
Organizmda suyuqlikning yetishmasligi birinchi navbatda teriga ta’sir qiladi. Agar teri quruq bo‘lib qolgan bo‘lsa, ajin yoki teri ko‘chishlari kuzatiladi va bu yetarlicha suv ichmaslikning belgisi bo‘lishi mumkin.

Faqat yuz terisiga g‘amxo‘rlik qilish
Teri organizmning eng katta organidir, yuz terisi esa atigi 4,5 foizni tashkil qiladi. Ammo ko‘pincha yuzga g‘amxo‘rlik qilinadi va terining quruqligidan aziyat chekishi mumkin bo‘lgan boshqa joylar butunlay unutiladi. Tirsak, tizza, boldirlar va bosh terisi ayniqsa himoyasiz qoladi, ushbu qismlarda tabiiy yog‘ qatlami deyarli yo‘q va teri tezda namlikni yo‘qotadi.

Kuchli yuz niqoblaridan foydalanish
Avvalo, yuz niqoblarini haftasiga ikki martadan ko‘p ishlatmaslik kerak. Ikkinchidan, juda kuchli mahsulotga ustunlik bermaslikka harakat qilish lozim. Ular quruq teriga zarar yetkazishi, uni shikastlashi va tabiiy himoyadan mahrum qilishi mumkin. Teri qancha quruq bo‘lsa, parvarishlash vositalari shunchalik nozik bo‘lishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Terining qurishi va shikastlanishiga olib keladigan 7 ta kundalik odat