07:00 / 27.03.2022
1 478

Smayliklar ruhiy siringizni ochib qo‘yishi mumkin ekan

Smayliklar ruhiy siringizni ochib qo‘yishi mumkin ekan
Onlayn yozishmalarda tez-tez smaylik yoki rasmlardan foydalanish aslida nimadan darak beradi?
Isroillik olimlar o‘zaro yozishmalarda smaylik va turli rasmlardan foydalanish inson haqidagi tasavvurni qanday o‘zgartirishini aniqlashdi.

Izlanishlar natijasiga ko‘ra, yozishmalarda tez-tez smaylik yoki rasmdan foydalanish – boshqalar oldida so‘zlaring ta’sir kuchini kamaytiradi hamda kishi nufuzini tushiradi.

Turli rasm va belgilardan foydalanish - odamlar tomonidan ochiqlikka intilish, norasmiy munosabatlar va do‘stlashishga tayyor turishni anglatadi. Har doim do‘st va hamkor izlash esa, odatda, jamiyatda obro‘yi kam bo‘lgan kishilarga xosdir...

Olimlar xulosasiga ko‘ra, emodzi va “gif” suratlar odamlarni yaqinlashtirishga, so‘zlar esa masofa saqlashga xizmat qiladi. Ya’ni jamiyatga ta’siri kam bo‘lgan kishilar unga ta’siri kuchliroq bo‘lganlar bilan yaqinlashishni istaydi. Nufuzli kishilar esa aksincha, boshqalardan masofada turishni xohlaydi. Ushbu tushunchaga asosan, muloqotda tez-tez sur’atlardan foydalanayotgan kishining suhbatdosh oldida nufuzi tushadi.

Isroillik olimlar tajribasida ishtirok etgan kishilar o‘z suhbatdoshlarini quyidagi ko‘rsatgichlar bo‘yicha baholashgan:
- Ustunlik qilishga intilish istagi bormi?
- Kuch va nazorat qilish imkoniga egami?
- Xushmuomala va ishonchga loyiqmi?
- Yoqimtoy, aqlli va zukkomi?
- Tanqid qilishi mumkinmi?

Izlanish natijasiga ko‘ra, yozishmani faqat so‘zlar yordamida olib borgan kishi, smaylik va suratlardan foydalanganga nisbatan, kuchli va obro‘yli insondek tuyuladi. Lekin kishi o‘z suhbatdoshining unga yaqinlashish yoki uzoqlashish istagi borligini oldindan bilsa, so‘z yoki smayliklarning ahamiyati yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Smayliklar ruhiy siringizni ochib qo‘yishi mumkin ekan