Foto: Grazia
Samarali vazn yo‘qotish usullari qizlarning suhbatlari uchun sevimli mavzulardan biridir. Biroq bu usullarning ko‘pchiligi hech qanday tadqiqot tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Grazia nashri nazariyalarning to‘g‘riligi allaqachon mutaxassislar tomonidan shubha ostiga olingan bu kabi fikrlarga oydinlik kiritdi.
Nonushtadan voz kechish ozishga yordam beradi
Nonushta qilmaslik vazn kamaytirishga yordam berishini hech qanday tadqiqot isbotlamadi. Nonushtani o‘tkazib yuborish orqali kuniga kamroq kaloriya iste’mol qilish mumkin, degan nazariya mavjud. Biroq ko‘pincha nonushta qilishni o‘tkazib yuboradiganlar kaloriya tanqisligini qoplash uchun kun davomida ko‘proq ovqatlanadi. Bundan tashqari, ozishni istaganlar asosan nima iste’mol qilayotganiga e’tibor qaratish kerak.
Gazaklar vazn ortishiga sabab bo‘ladi
Bu fikr ham oddiy sababga ko‘ra to‘g‘ri bo‘lishi mumkin emas — gazaklar olma, shirin pechene yoki xamir yeguliklar bo‘lishi mumkin. Ovqatlar orasida meva yoki kam yog‘li yogurt iste’mol qilishni afzal ko‘rganlar kilogramm olishi ehtimolidan yiroq emas. Bundan tashqari, gazak iste’mol qilish ortiqcha ovqatlanish xavfini kamaytiradi. Shuning uchun his-tuyg‘ularni tinglash va sog‘lom ovqatga ustunlik berish yaxshidir.
Ozish uchun shirinliklarni rad etish kerak
«Inson o‘zi yoqtirgan taomlardan voz kechishi hech qanday foyda keltirmaydi. Oxir-oqibat bardosh bera olmaslik natijasida barcha harakatlar bekor qilinishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan shirinlik yeyishning yomon joyi yo‘q», — deydi Britaniya yurak jamg‘armasi mutaxassislari. Asosiysi, me’yorni bilish.
Ochlik — vazn kamaytirishning eng oson usuli
Ba’zilar bir kun va hatto bir necha kun davomida ovqatdan bosh tortishdan yaxshiroq narsa yo‘qligiga ishonadi. Organizm kaloriya olmaganligi sababli, vazn haqiqatan ham tez o‘zgara boshlaydi. Biroq ko‘plab mutaxassislar ochlik bilan vazn kamayishi haqidagi fikrni rad etdi, chunki ovqatlanishni boshlash bilan barcha yo‘qolgan kilogrammlar darhol o‘z o‘rnini to‘ldiradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar