
Foto: «Kapital.kz»
O‘zbekiston Soliq kodeksiga internet-do‘konlar uchun ikkita soliqning pasaytirilgan stavkalarini belgilovchi o‘zgartirishlar kiritildi.
Gap tovarlarning yoki xizmatlarning elektron savdosini amalga oshiruvchi elektron tijorat sub’ektlar haqida bormoqda.
Endi ular uchun aylanma soliq stavkasi 2 foizni, daromad solig‘i stavkasi esa 7,5 foizni tashkil qiladi. Ilgari 4 va 20 foiz edi.
Ilgari ham onlayn-do‘konlar uchun pasaytirilgan stavkalar bor edi, ammo bu uchun kompaniyalar elektron tijorat sub’ektlarining milliy reyestriga kiritilishi kerak edi. Endi bu shart olib tashlandi.
Bu o‘zgarishlar mamlakatda elektron tijorat rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar