Yig‘ilishda yil yakuniga qadar birjalarga o‘z mahsulotini olib chiqadigan mahalliy tadbirkorlar sonini kamida 2 baravarga, mahsulotlar turini esa 5 baravarga oshirish zarurligi aytilgan. Hozirda 45 mingdan ziyod mahalliy sanoat korxonalarining bor-yo‘g‘i 7 foizi birjaga o‘z mahsulotini chiqarayotgani tanqid qilingan.
Masalan, Jomboy tumanidagi g‘isht ishlab chiqaruvchi korxona o‘z mahsulotini birjaga olib chiqishi natijasida 21 milliard so‘mlik daromad olgan. Uychi tumanidagi beton qorishmasi ishlab chiqaruvchi korxona 10 milliard so‘mlik mahsulotini birja orqali sotgan.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari tomonidan bu tajriba joylarda yo‘lga qo‘yilmagani prezident tomonidan tanqidga uchragan.
«24 ta tuman qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashdi. Ushbu tumanlarda joriy yilda umumiy qiymati 1,6 milliard dollarlik 150 ta loyihani amalga oshirish reja qilingan. Lekin bugungi kunda gipsokarton, quruq qurilish qorishmalari, lak-bo‘yoq, kafel, mix kabi mahsulotlarni birjaga qo‘yish bo‘yicha cheklovlar mavjud», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi