
O‘zbekiston milliy valyutasida belgilangan ayrim aksiz solig‘i stavkalari joriy yilning 1 iyun kunidan boshlab 10 foizga indeksatsiya qilinishi ma’lum qilindi.
Xususan, ayrim neft mahsulotlarining oshirilgan soliq stavkalari endilikda quyidagicha bo‘ladi:
Neft mahsulotlari
- 1 tonna AI-80 benzini 275 ming so‘m (2021 yil 1 fevraldan beri 240 ming so‘m edi);
- 1 tonna AI-92, AI-93 va AI-95 benzini 275 ming so‘m (o‘zgarishsiz qoldirilgan);
- 1 tonna dizel yonilg‘isi 264 000 so‘m (24 ming so‘mga qimmatlaydi).
Yakuniy iste’molchiga sotiluvchi tovarlarga solinadigan aksiz solig‘i
- benzin – 1 litr uchun 385 so‘m/1 tonna uchun 512 ming so‘m;
- dizel yonilg‘isi – 1 litr uchun 385 so‘m/1 tonna uchun 468 ming so‘m;
- suyultirilgan gaz – 1 litr uchun 385 so‘m/1 tonna uchun 730 ming so‘m;
- siqilgan gaz – 1 kub metr uchun 550 so‘m. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar