
27 iyun kuni Moskva birjasi o‘zbek so‘mi, arman drami va Janubiy Afrika randi bo‘yicha savdolarni boshlaydi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi valyutalar bozorning professional ishtirokchilari, ularning mijozlari – jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining savdo imkoniyatlarini kengaytiradi.
Treyderlar va ularning mijozlari quyidagi valyuta juftliklari uchun spot va almashtirish vositalaridan foydalanishlari mumkin:
Janubiy Afrika randi—Rossiya rubli (ZAR/RUB);
AQSH dollari—Janubiy Afrika randi (USD/ZAR);
Arman drami—Rossiya rubli (AMD/RUB);
AQSH dollari—Arman drami (USD/AMD);
O‘zbek so‘mi—Rossiya rubli (so‘m/RUB).
Birja shuningdek, BAA dirhami—Rossiya rubli (AED/RUB) va AQSH dollari—BAA dirhami (USD/AED) valyuta juftliklarida savdoni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu juftliklar savdolari boshlanishi sanasi haqida hozircha xabar berilmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar