2 726
O‘zbekistonda dollar 2022 yildagi eng past darajaga tushdi. Bunga nima sabab bo‘lmoqda?
Markaziy bank 29 iyunda amal qiladigan valyuta kurslarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dollar so‘mga nisbatan 2022 yildagi eng past qiymatini qayd etdi. 29 iyun holatiga ko‘ra 1 dollar 10 800 so‘m bo‘lib turibdi.
Mart oyida dollar 11 573 so‘mgacha ko‘tarilgan edi. Bundan avvalgi eng past ko‘rsatkich 2021 yil 27 dekabrda edi — 10 798 so‘m. Joriy yilda dollarning ikkinchi eng past qiymati 28 yanvarda kuzatilgan — 10 804 so‘m.
Bunga nima sabab bo‘lmoqda?
Eksport va pul o‘tkazmalari ko‘paygani sababli dollarga bo‘lgan taklif unga bo‘lgan talabdan oshdi.
Masalan, yanvar—mart oylarida O‘zbekistonga o‘rtacha oylik 490 mln dollarlik pul o‘tkazmalari kirib kelgan bo‘lsa, aprel—may oylarida bu ko‘rsatkich 1,3 mlrd dollarga yetdi.
Oylik eksport tushumlari hajmi yanvar mart oylariga nisbatan 1,3 barobarga oshdi, eksport tushumlari hisobidan ichki valyuta bozorida sotilayotgan mablag‘lar miqdori esa 1,4 barobarga ko‘paydi.
So‘m almashuv kursning qisqa muddatda keskin mustahkamlanib ketishini oldini olish maqsadida Markaziy bank ichki bozordan 523 mln dollarlik valyuta mablag‘larini sotib oldi.
O‘zbek so‘mining holati kelgusi oylarda barqaror bo‘lishi kutilmoqda. Bunga sabab qilib yil boshidan beri ichki valyuta bozoriga 1 mlrd dollar intervensiya qilinmagani aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»