O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni o‘zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi.
Uchrashuvda 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi doirasida mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlarni davom ettirish va natijadorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Maslahatchi Chakrabarti O‘zbekiston yetakchisi rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini, shu jumladan iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish, jamiyat hayotining barcha sohalarini transformatsiya qilish va raqamlashtirish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, kadrlarning yangi avlodini tayyorlash borasidagi o‘zgarishlarni yuksak baholadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga O‘zbekistonda boshlangan hamda demokratik prinsiplar va huquqiy normalarga to‘la mos holda, konstitutsiyaviy qurilishning ilg‘or milliy va xalqaro tajribasi asosida amalga oshirilayotgan Konstitutsiya islohoti xizmat qilishi ta’kidlandi.
Suma Chakrabarti bundan buyon ham yangi o‘sish nuqtalarini topish va ro‘yobga chiqarishda O‘zbekiston Hukumatiga ko‘maklashishga bor sa’y-harakatini yo‘naltirishga tayyorligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Suma Chakrabarti O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi etib tayinlanishidan avval sakkiz yil davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi