20:47 / 18.07.2022
1 287

Shavkat Mirziyoyev: «Dunyoda oziq-ovqat tanqisligi muammosi kuchayib bormoqda»

Shavkat Mirziyoyev: «Dunyoda oziq-ovqat tanqisligi muammosi kuchayib bormoqda»
Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

«Ko‘rib turibsiz – dunyoda oziq-ovqat tanqisligi muammosi kuchayib bormoqda. Ayniqsa, mahsulot yetishtiruvchi asosiy davlatlarning eksportga cheklovlar qo‘yishi va transport-logistikadagi uzilishlar muammolarni yanada chuqurlashtirmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, joriy yilda dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi kamida 20 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. Bizda aholi daromadining 40-50 foizi oziq-ovqat mahsulotlariga sarflanadi.

Shu bois, yuqoridagi xavf-xatarlarning aholimizga ta’sirini yumshatish bo‘yicha har bir mahalla, tuman, viloyat darajasida aniq hisob-kitob va chora-tadbirlar qilish kerak. Buning uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berganmiz
», dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.

Yil boshida paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hisobidan aholiga 80 ming gektar maydonni bo‘lib berish boshlandi.
Aholi xonadonlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 3 mingdan ziyod «Tomorqa xizmati» infratuzilmasi yaratildi.

Tomorqada mahsulot yetishtirish uchun joriy yilning o‘zida 400 milliard so‘m imtiyozli mablag‘lar ajratildi.

Joriy yil 6 oyida 821 ming tonna yoki o‘tgan yilga nisbatan 102 ming tonna ko‘p meva-sabzavot eksport qilindi.

Hozirga qadar ajratilgan 64 ming gektarda jami 785 ming aholi bandligi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Shavkat Mirziyoyev: «Dunyoda oziq-ovqat tanqisligi muammosi kuchayib bormoqda»