12:38 / 04.08.2022
1 385

O‘zbekistonga kartoshka asosan Pokistondan import qilinmoqda

O‘zbekistonga kartoshka asosan Pokistondan import qilinmoqda
Kartoshka asosan Pokistondan import qilinmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi. Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 14 ta davlatdan qiymati 55,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 319 ming tonna kartoshka import qilgan.

Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 11,6 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 6 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar:

Pokiston – 257,4 ming tonna;
Qozog‘iston – 23,4 ming tonna;
Rossiya – 14,5 ming tonna;
Qirg‘iziston – 8,9 ming tonna;
Eron – 5,6 ming tonna;
Afg‘oniston – 4 ming tonna;
Niderlandiya – 3,9 ming tonna;
Belarus – 631,6 tonna;
Polsha – 559 tonna.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonga kartoshka asosan Pokistondan import qilinmoqda
ePN