Foto: Coats
Jahon bozorida paxtaning narxi keskin oshib ketdi. Bu haqda Bloomberg yozdi.
Bloomberg xabariga ko‘ra, jahon bozoriga paxta eksport qilishda AQSH — birinchi (33 foiz), Braziliya — ikkinchi (17 foiz) o‘rinda turadi. Amerikada paxta tolasini ishlab chiqarish bu mavsumda 28 foizga kamaydi — 2009-2010 yillar mavsumidagi minimum takrorlanishga yaqin.
Jahonning ikkinchi paxta eksportchisi Braziliyada ahvol bundan ham og‘ir — hosil 30 foiz kam olinishi kutilmoqda. Braziliyalik paxtakorlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, qurg‘oqchilik sababli mo‘ljaldagidan 200 ming tonna kam paxta olinadi. Mamlakatdagi asosiy paxta yetishtiruvchilardan biri Bom Futuro guruhi (mamlakatdagi paxtaning taxminan 10 foizini yetishtiradi) o‘z ekin maydonlarida hosildorlik bu mavsumda 27 foizga kamayganini ma’lum qildi.
Paxta kamhosilligi va buning oqibatida ishlab chiqarishning qisqarishi futbolkalar, bolalar kiyimlari, qog‘oz, karton va boshqa mahsulotlar narxi oshishiga olib kelishi mumkin. Amerika kiyimlar reteyleri — Children's Place bosh direktori Jeyn Elfers sarmoyadorlar bilan uchrashuvda paxta bo‘yicha yuzaga kelgan vaziyat «biz uchun ulkan muammo», deya ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi