Moskva birjasi o‘zbek so‘mida savdoni qachon boshlashi aniq bo‘ldi

12 sentabrdan Moskva birjasining valyuta bozorida “o‘zbek so‘mi – Rossiya rubli” (UZS/RUB) juftligida savdolar boshlanadi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, yangi valyuta bozorning professional ishtirokchilari, ularning mijozlari – jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlarining savdo imkoniyatlarini kengaytiradi.
“Shuningdek, ikki mamlakat iqtisodiy sub’yektlari uchun milliy valyutalarda hisob-kitob qilishni rivojlantirishga qo‘shimcha rag‘bat bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq Moskva birjasi 27 iyundan boshlab O‘zbekiston so‘mi bilan savdo qilishni boshlashi xabar qilingan edi. Keyinroq birja bu sanani boshqa kunga ko‘chirganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston respublika valyuta birjasi 24 mart kuni Rossiya rubli/so‘m valyuta juftligi (RUB/UZS_TOM instrumenti) bo‘yicha birja savdolari muvaffaqiyatli o‘tkazilganini xabar qilgan edi.
Rossiya O‘zbekistonning asosiy hamkorlaridan biri. Joriy yilning yetti oyida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash 30 foizga oshgan.

Izohlar 0
…