
© O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
O‘zbekiston va Hindiston savdo aylanmasining barqarorligini ta’minlaydigan yangi transport yo‘lagining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.
Vazirlikda Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiya delegatsiyasi bilan tashkil etilgan uchrashuvda Chobahor porti orqali "O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Hindiston" transport yo‘lagini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

© O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
“Muzokaralarda yaqin kelajakda 1 milliard dollarga yetadigan O‘zbekiston va Hindiston savdo aylanmasining barqarorligini ta’minlaydigan yangi transport yo‘lagining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, deyiladi xabarda.

“O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Hindiston” yangi transport yo‘lagini rivojlantirish loyihasi muhokama qilindi
© O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Mazkur yo‘lak, shuningdek, yaqin istiqbolda 3,2 milliard dollarni tashkil etishi mumkin bo‘lgan Markaziy Osiyo va Hindiston mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo munosabatlari doirasida mahsulot etkazib berishning uzluksizligini ta’minlashga ham qaratilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar