Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida sheriklik sanksiyalar va to‘siqlarga qaramay rivojlanmoqda. Bu haqida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Ostonada bo‘lib o‘tgan MDH Hukumat rahbarlarining yig‘ilishida ma’lum qildi.
"Hamdo‘stlik doirasidagi o‘zaro hamkorlik rivojlanishda davom etmoqda. Rossiya ishonchli ittifoqchi va savdo sherigi bo‘lib qolmoqda. Biz eng yaqin qo‘shnilarimiz manfaatlariga e’tiborli va hurmat bilan qaraymiz", deydi u.
Mixail Mishustin o‘tgan yili Rossiyaning MDH davlatlari bilan savdo aylanmasi 30 foizdan ko‘proqqa o‘sgani, eksport hajmi qariyb chorakga o‘sib, 65 milliard dollardan oshgani, import esa 25 foizga oshib, qariyb 32 milliard dollarni tashkil etganini eslatdi.
"Biz MDHga a’zo mamlakatlar iqtisodiyotida umuman ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etmoqdamiz. Bu sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, yuk tashish hajmi, asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar bilan bog‘liq", dedi bosh vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda G‘arb dollardan qurol sifatida faol foydalanmoqda, xalqaro moliyaviy zaxiralar institutini obro‘sizlantirmoqda.
Mixail Mishustin moliyaviy suverenitet uchun MDH davlatlari zudlik bilan milliy valyutalarda hisob-kitoblarga o‘tishi va dollardan voz kechishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
“Unga erishish uchun milliy valyutalarga o‘tishni tezlashtirish va o‘zaro savdoda dollardan voz kechish, shuningdek, hech kimga, shu jumladan, G‘arb mamlakatlariga ham bog‘liq bo‘lmagan moliyaviy xabarlarni uzatish uchun o‘z tizimlarimizni joriy etishimiz zarur”, deya qayd etdi Mixail Mishustin.
Rossiya bosh vaziri, shuningdek, MDH hamkorlarini xizmatlarning o‘zaro savdosi bo‘yicha kelishuv bo‘yicha muzokaralarni imkon qadar tezroq yakunlashga chaqirdi. Shartnoma investorlar huquqlari va davlatlar manfaatlarini himoya qilish, qulay sarmoyaviy muhitni shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi