Foto: Bloomberg
2022 yilning uchinchi choragida jahon markaziy banklari 399,3 tonna oltin sotib olgan. Bu haqda Butunjahon oltin kengashi ma’lumotlarida aytiladi.
Uchinchi chorakdagi ko‘rsatkich o‘tgan chorakka nisbatan 115 foizga ko‘pdir. Bu markaziy banklar tomonidan 2000 yildan beri eng yirik choraklik qimmatbaho metal xaridi bo‘ldi.
2018 yilning uchinchi choragida o‘rnatilgan avvalgi rekord deyarli ikki baravar kam — 241 tonnani tashkil qilgan.
Yil boshidan buyon xaridlarning umumiy hajmi (673,01 tonna) 1967 yildan boshlab o‘tgan yillardagi ko‘rsatkichlardan ham oshib ketdi.
O‘zbekiston faol ravishda oltin sotib olishda davom etmoqda. Biroq mamlakat mart oyidan beri oltin sotayotgani yo‘q.
Uchinchi chorakda oltinning eng yirik xaridorlari Turkiya, O‘zbekiston va Qatar markaziy banklari bo‘ldi.
Turkiya 31 tonna oltin sotib olib bu borada yetakchi bo‘lib turgan bo‘lsa, O‘zbekiston 26 tonna oltin sotib olgan holda ikkinchi bo‘lgan.
Markaziy banklarning bu darajada ko‘p oltin sotib olayotgani — uchinchi chorakda narxlar bir necha yillik eng past darajada bo‘lgani bilan izohlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi