Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyevga tadbirkorlik faoliyatini soddalashtirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida axborot berildi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish davlatimiz iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishi. Bu borada yaratilayotgan sharoitlar tufayli ishbilarmonlar ko‘payib bormoqda. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining yarmidan ko‘pi kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Eksportda ham ularning o‘rni yuqori.
Bugungi kunda biznesni tartibga soluvchi 6 mingdan ortiq me’yoriy-huquqiy va 40 mingta texnik hujjatlar mavjud. Ayrim eski talablar yangi mahsulotlar, texnologiyalar va xizmatlarni joriy etishni qiyinlashtirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida Taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq tadbirkorlarning zamonaviy faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilayotgan talablar qayta ko‘rib chiqilib, bir qator yengilliklar joriy qilindi.
Xususan, tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish vositalarini aniq belgilandi. Bular davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, litsenziyalash va ruxsat berish, texnik tartibga solish, tarif va notarif tartibga solish, majburiy sug‘urta, davlat nazorati, raqobatni himoya qilish, javobgarlik o‘rnatish kabilardir.
Tahlillardan kelib chiqib, ko‘plab tartib-taomillar ham qisqartirildi. Masalan, tadbirkorlik subyektining ustav fondi kamaytirilayotganida kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish, elektr energiyasi ortiqcha iste’mol qilinganida uni uzib qo‘yish, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlarni soliq organlarida alohida hisobga qo‘yish kabi jarayonlar ko‘p ovoragarchilikka sabab bo‘lyapti. 2023 yil 1 yanvardan bunday majburiy talablar bekor qilinadi.
Shuningdek, tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarning yagona reyestrini shakllantirish mo‘ljallangan. U ikki bosqichda qilinib, 2025 yil 1 iyuldan to‘liq ishga tushiriladi. Bu reyestrga kiritilmagan talablar bo‘yicha tadbirkorga nisbatan javobgarlik belgilash taqiqlanadi.
Prezidentimiz shu yil 22 avgust kuni bo‘lgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda sohani raqamlashtirish, hujjatlarni qog‘oz shaklida saqlashni kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.
Ilgari amal qilgan tartibga ko‘ra, yuridik shaxsning ish haqlari va boshqa daromadlari, ular bo‘yicha hisoblangan soliq summalari to‘g‘risidagi hujjatlar 75 yil davomida qog‘oz holida saqlanishi kerak edi. Yangi farmon bilan ma’lumotlar soliq idoralari bazasida borligi uchun ularni qog‘ozda saqlash bekor qilindi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari o‘zlarining ichki buxgalteriya birlamchi hujjatlarini axborot tizimlari orqali tuzganda, ularni qog‘oz shaklida yuritishdan ozod etilmoqda. Bu o‘zgarishlar natijasida 587 mingta korxona qog‘ozbozlikdan qutulib, ishi yengillashadi.
Shuningdek, 2023 yil 1 yanvardan boshlab soliq organlariga moliyaviy hisobotlarni har chorakda taqdim qilish, 9 xil statistika hisobotlarini topshirish amaliyoti bekor qilindi.
Davlatimiz rahbari mutasaddilarning axborotini tinglab, ushbu farmon ijrosini samarali tashkil etish, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yuritishni soddalashtirish, qulay biznes muhitini yaratish ishlarini izchil davom ettirishga ko‘rsatma berdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi