20:00 / 16.11.2022
1 032

Shavkat Mirziyoyev Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi raisi bilan quyosh elektr stansiyalari qurish masalasini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi raisi bilan quyosh elektr stansiyalari qurish masalasini muhokama qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 16 noyabr kuni Xorijiy investorlar kengashining birinchi majlisi doirasida ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, joriy loyihalarni amalga oshirish masalalari va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

Davlat rahbari kompaniya O‘zbekistonning turli hududlarida energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish va qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishga hissa qo‘shayotganini yuqori baholagan.

Vodorod energetikasini rivojlantirish, shamol elektr stansiyalarini qurish, xorijiy ekspertlar ishtirokida yuqori malakali milliy kadrlarni tayyorlash muhimligi qayd etilgan.

Muhammad Abdulla Abunayyan kompaniya O‘zbekiston bilan uzoq muddatli va keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirishga, shuningdek, kelgusi yilning birinchi choragida Toshkent shahrida O‘zbekiston—Saudiya ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Shavkat Mirziyoyev Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi raisi bilan quyosh elektr stansiyalari qurish masalasini muhokama qildi
ePN