Ijara to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagani uchun Damas avtomashinasi xatlandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2026 yil 13 sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor N.S.dan undiruvchi — Davlat tashkiloti foydasiga 39 million 78 ming so‘m qarzdorlikni undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati 2026 yil 22 sentyabr kuni tegishli bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va shu asosda ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘rganishlar davomida qarzdor tomonidan ijara shartnomasi asosida foydalanib kelingan bino uchun belgilangan to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani oqibatida qarzdorlik yuzaga kelgani aniqlandi.
Qarzdorga majburiyatlarni ixtiyoriy ravishda bajarish imkoniyati berilgan bo‘lsa-da, belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmagan.
Shundan so‘ng, qonunchilikda belgilangan tartibda qarzdorga tegishli bo‘lgan «Damas» rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Hozirda mazkur avtotransport vositasi mavjud qarzdorlikni qoplash maqsadida «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilish uchun savdoga chiqarilgan.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…