Foto: Dunyo
O‘zbekiston elchixonasida Polshaning Adamed Group kompaniyasi direktori Katarina Dubno bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va kompaniyaning O‘zbekiston farmatsevtika bozoriga yanada faol kirishi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Joriy yil oktabr oyida Toshkent shahrida ushbu kompaniyaning to‘laqonli vakolatxonasi ochildi. Ofis faoliyati mutaxassislar tayyorlash, O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarini maxsus jihozlar bilan ta’minlash, farmatsevtika sanoatida texnologik innovatsiyalarni qo‘llash, farmatsevtika va tibbiy xizmatlar integratsiyasini rag‘batlantirish, Polshada mutaxassislar tayyorlash uchun grantlar ajratish bilan bog‘liq loyihalarni ilgari surishga yo‘naltiriladi.
Adamed Group O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari savdosini oshirishni rejalashtirmoqda. O‘zbek bozori tahlili asosida O‘zbekistonda dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalarni ochish masalasi kun tartibida turibdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston elchisi Bahrom Boboyev Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) bilan avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasidagi muvaffaqiyatlarni bildirdi. Adamed Group TTA negizida talabalar uchun dori vositalari ishlab chiqarish, biotexnologiya va farmatsevtika sohasida innovatsiya tadqiqotlari, nou-xauni joriy etish bo‘yicha simulyatsiya o‘quv laboratoriyasini qurishga kirishdi.
Katarina Dubno O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash asosiy vazifalaridan biri bo‘lajak tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash ekanini qayd etgani barobarida Polsha kompaniyasi bunda ko‘mak berish niyatida ekanini tasdiqladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari