20:50 / 19.11.2022
1 916

Rossiyaliklarning O‘zbekistonga ko‘chib kelishi mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi?

Rossiyaliklarning O‘zbekistonga ko‘chib kelishi mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi?
Ukrainadagi urush oqibatida rossiyaliklar boshqa davlatlarga ko‘cha boshlagan. Buning O‘zbekiston va mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri qanday bo‘lgani tahlil qilindi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Rossiyaliklarning ko‘chishidan eng ko‘p foyda ko‘rgan mamlakat Armaniston bo‘ldi. Faqat iyul—sentyabr oylarida Armanistonga 267,3 ming martadan ko‘proq rossiyaliklar kirib kelgan.

Investitsion kompaniya tahlilchilari yil boshida Armaniston iqtisodiyoti 5 foizga o‘sishini taxmin qilgan bo‘lsa-da, joriy yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 14 foizgacha o‘sishini prognoz qilmoqda.

- O‘zbekiston va Qozog‘iston ruslarning ommaviy ko‘chirilishidan bunday kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsata olmadi — ularning iqtisodi mos ravishda Armanistonnikidan 5 va 10 baravar katta, — deyiladi xabarda.

Prognozlarga ko‘ra, Qozog‘istonning iqtisodiy o‘sish sur’ati 2021 yildagi 4,1 foizdan 2022 yilda 3 foizgacha sekinlashadi. Bu asosan neft qazib olishning turg‘unligi va yuqori inflyatsiya tufayli yuzaga keladi.

- Kelganlar orasida mehnat bozoriga bosim o‘tkazmaydigan ko‘plab frilanserlar va tadbirkorlar bor. Bu odamlar Qozog‘iston iqtisodiyotiga uzoq muddatli ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, — dedi ekspert.

Qisman safarbarlik boshlanganidan so‘ng, mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 27 sentyabrgacha mamlakatga deyarli 100 ming rossiyalik kirgan.

Bu vaziyat O‘zbekistonga qanday ta’sir o‘tkazgan?
Jahon banki Xitoydagi pandemiya cheklovlari, yetkazib berish zanjirining uzilishi va stagflyatsiya xavfi tufayli O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti ham biroz o‘sishini kutmoqda.

Mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi 2022 yilda 4,3 foizni tashkil etadi, bu 2021 yildagi 7,4 foizdan kam.

Markaziy bank boshqaruv raisi Mamarizo Nurmuratovga ko‘ra, 2022 yil boshidan buyon O‘zbekistonda 67 ming rossiyalikning hisob raqami ochilgan. - Bundan tashqari, ularning yarmiga yaqini mamlakatda ishlaydi va istiqomat qiladi, — deya qo‘shimcha qildi u.

Ichki ishlar vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon O‘zbekistonga 320 mingga yaqin Rossiya fuqarolari kirib kelgan.

Eng katta oqim uchinchi chorakda kuzatilgan — iyuldan sentyabrgacha chegarani 189 ming kishi kesib o‘tgan.

Rossiyaliklar bu yil qisman O‘zbekistonning sa’y-harakatlari tufayli mamlakatga ko‘chib o‘tmoqda: Ukrainada urush boshlanganidan bir necha kun o‘tib, mamlakat hukumati xorijiy IT-mutaxassislari uchun uch yillik viza joriy etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiyaliklarning O‘zbekistonga ko‘chib kelishi mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi?